Rossiya Markaziy banki 10 martdan boshlab 10 sentabrga qadar yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalarning vaqtinchalik tartbini joriy etdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu davr mobaynida mahalliy kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar AQSh dollari, yapon iyeni, funt streling va yevroni naqd pul ko‘rinishida 5000 ming AQSh dollari ekvivalentida va faqat xorij davlatlariga ish safarlari vaqtida harajatlarni qoplash uchun olishlari mumkin (boshqa valyuta birliklari bo‘yicha cheklovlar mavjud emas). Maxsus vaziyatlarda esa bankning regulyatorga murojaati bilan ushbu summa oshirilishi mumkin.

Xorijiy kompaniyalar va norezident tadbirkorlar 10 sentabrgacha hisobvaraqlar va omonatlardan naqd shaklda dollar, yevro, yapon iyeni yoki funt sterlingni ololmaydi.

Norezidentlar boshqa valyutalarni o‘z hisoblaridan tegishli kun bo‘yicha bozor kursida cheklovlarsiz yechib olishlari mumkin.

2022 yil 10 mart holatiga ko‘ra, kompaniyalar va tadbirkorlar tomonidan ochilgan dollar, yevro, yapon iyeni va funt sterlingdagi depozitlar va hisoblarning boshqa shartlari saqlanib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 martdan boshlab Rossiya banklari mijozlari o‘z hisobidagi 10 ming dollardan ortiq bo‘lmagan mablag‘larni yechib olishi mumkin, qolgan qismini esa rublda olishiga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, Markaziy bank banklarga fuqarolarga naqd valyutani sotishni taqiqladi.

MB chegaradan tashqari «Mir» kartasi orqali u amal qiladigan: Turkiya, Vetnam, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Janubiy Osetiya va Abxaziyada to‘lovlarni amalga oshirish va pul yechib olishni taklif etmoqda.