11−15 mart kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi e’lon qilindi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Sel kelish xavfi mavjud hududlar ro‘yxati:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarkand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattago‘rg‘on;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bustonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Piskent;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Ferg‘ona, Beshariq;
  • Andijon viloyati: Andijon, Jalal quduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlari.

O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni so‘ramoqda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Eslatib o‘tamiz, 5−9 mart kunlari ham kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sabab 9 ta viloyatda sel kelish xavfi e’lon qilingandi.