Botir Parpiyev mahalla vaziri maslahatchisi bo‘ldi
6 iyun 2022, 21:03

Botir Parpiyev mahalla vaziri maslahatchisi bo‘ldi

Hukumat qarori bilan Botir Parpiyev mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri maslahatchisi etib tayinlandi. Uning lavozimi maqom bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimiga teng.

Shavkat Mirziyoyev Braziliya prezidentiga hamdardlik yo‘lladi
6 iyun 2022, 19:13

Shavkat Mirziyoyev Braziliya prezidentiga hamdardlik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Braziliyaning shimoli-sharqiy hududlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakat prezidentiga hamdardlik yo‘lladi. Ofat natijasida halok bo‘lganlar soni 128 kishiga yetgan.

Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish taklif qilinmoqda
6 iyun 2022, 19:09

Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish hamda o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish chorasini belgilash taklif qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonni referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi
6 iyun 2022, 18:02

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonni referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

Farg‘onada fuqaro o‘z tomorqasida 329 tup ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi
6 iyun 2022, 17:43

Farg‘onada fuqaro o‘z tomorqasida 329 tup ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida fuqaro o‘z tomorqasida 329 tup ko‘knori yetishtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda turistlarga kuch ishlatgan IIB xodimlarining ikki rahbari ham ishdan bo‘shatildi
6 iyun 2022, 17:34

Samarqandda turistlarga kuch ishlatgan IIB xodimlarining ikki rahbari ham ishdan bo‘shatildi

Samarqandda turistlarga elektroshoker qo‘llagan IIB xodimlarining ikki nafar rahbari ham lavozimidan ozod etildi. Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqeadan keyin xodimlarga fuqarolar bilan qanday muomalada bo‘lish va elektroshoker qo‘llash tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tarqatilgan.

YUNISEF O‘zbekiston SSVga 2100dan ziyod kompyuter topshirdi
6 iyun 2022, 17:17

YUNISEF O‘zbekiston SSVga 2100dan ziyod kompyuter topshirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi YUNISEFdan 2150 ta kompyuter qabul qilib oldi, bu mamlakatning samarali vaksina va immunizatsiya boshqaruvini joriy etish imkoniyatlarini oshirishi kutilmoqda.

Abdushukur Sadikov Milliy antidoping agentligiga rahbar bo‘ldi
6 iyun 2022, 17:06

Abdushukur Sadikov Milliy antidoping agentligiga rahbar bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori lavozimiga Abdushukur Sadikov tayinlandi. U mazkur lavozimda Nodirjon Tursunovning o‘rnini egalladi.

Tibbiyot xodimlari ishiga aralashgan shaxslarni 10 sutkaga qamoqqa olish taklif etildi
6 iyun 2022, 16:53

Tibbiyot xodimlari ishiga aralashgan shaxslarni 10 sutkaga qamoqqa olish taklif etildi

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari ishiga to‘sqinlik qilish, ularga noqonuniy topshiriqlar berish uchun javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan jismoniy shaxs BHMning 5 baravari, mansabdor esa 7 baravari miqdorida jarimaga tortiladi yoki 10 sutkaga qamoqqa olinadi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Katta dubulg‘a» turnirida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
6 iyun 2022, 16:46

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Katta dubulg‘a» turnirida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Tbilisidagi «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirda o‘zbekistonlik dzyudochilar bitta kumush va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mo‘g‘uliston charter reyslar orqali O‘zbekistonga go‘sht yetkazib berishni taklif qildi
6 iyun 2022, 16:30

Mo‘g‘uliston charter reyslar orqali O‘zbekistonga go‘sht yetkazib berishni taklif qildi

Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga go‘sht mahsulotlari eksportini oshirishni taklif qildi. O‘zbekistondan Mo‘g‘ulistonga esa oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmi oshiriladi. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish uchun charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Farg‘onada ota o‘z qizini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda
6 iyun 2022, 16:24

Farg‘onada ota o‘z qizini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda

Shanba kuni Uchko‘prik tumanida 16 yoshli qizini bir yigit bilan uchrashib yurganini ko‘rib qolgan ota uni urib, tan jarohatlari yetkazgani aytilmoqda. Buning oqibatida qiz vafot etgan. Gumondor hibsga olindi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda rossiyalik turistdan dron olib qo‘yildi
6 iyun 2022, 15:11

O‘zbekistonda rossiyalik turistdan dron olib qo‘yildi

Rossiyalik turist Polina Yermakova O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tganidan bir necha kun o‘tib Toshkentda dron olib kirgani uchun hisbga olingandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bojxona xodimi kvadrokopterni olib kirishga e’tiroz bildirmagan. Sud uni oqladi, biroq dron undan tortib olindi.

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 30 millionga yaqinlashdi — Statistika qo‘mitasi
6 iyun 2022, 14:56

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 30 millionga yaqinlashdi — Statistika qo‘mitasi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 29,91 millionni tashkil etmoqda. 100 kishiga 84 ta abonent to‘g‘ri kelmoqda. Har beshinchi foydalanuvchi Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan.

Ikkita hududda valyutani noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi
6 iyun 2022, 14:39

Ikkita hududda valyutani noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Ulardan biri 5000, boshqasi 2800 dollarni sotishga uringani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Piyodalar o‘tish joylarida odamlarni bosib ketish davom etmoqda. YHXX bukletlar tarqatmoqda
6 iyun 2022, 12:42

Piyodalar o‘tish joylarida odamlarni bosib ketish davom etmoqda. YHXX bukletlar tarqatmoqda

Samarqand viloyatida mashina 4 yoshli qizchani piyodalar o‘tish joyida urib yubordi, u vafot etdi. YHXX mahallada suhbat uyushtirib, aholiga «ogohlikka chorlovchi» bukletlar tarqatdi.

Hafta davomida havo issiq bo‘lishi kutilmoqda
6 iyun 2022, 12:17

Hafta davomida havo issiq bo‘lishi kutilmoqda

Hafta mobaynida O‘zbekiston bo‘ylab havo ochiq va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati hududlarga qarab, +35…+42 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, juma kuni esa ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Birinchi prezidentning yordamchisi Georgiy Kraynov vafot etdi
6 iyun 2022, 12:00

Birinchi prezidentning yordamchisi Georgiy Kraynov vafot etdi

O‘zbekiston birinchi prezidentining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan Georgiy Kraynov 88 yoshida vafot etdi. U so‘nggi yillarda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab kelayotgandi.

Narpay tumanidagi uchta do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
6 iyun 2022, 11:27

Narpay tumanidagi uchta do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Yakshanba kuni kechasi Samarqand viloyati Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV yong‘in oqibatida uchta do‘konning taxminan 70 kv.m. maydonda shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari zararlanganini ma’lum qildi.

Toshkentda mushukka pnevmatik quroldan o‘q otishdi
6 iyun 2022, 11:22

Toshkentda mushukka pnevmatik quroldan o‘q otishdi

Poytaxtning Yunusobod tumanida noma’lum shaxs mushukka qarata taxminan pnevmatik quroldan o‘q otgani aytilmoqda. IIBB aholidan uy yoki ko‘cha hayvonlariga nisbatan har qanday zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berishni so‘ramoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting