Ilk bor koronavirusdan tuzalganlar soni yangi holatlardan ko‘proq bo‘ldi
21 aprel 2020, 23:28

Ilk bor koronavirusdan tuzalganlar soni yangi holatlardan ko‘proq bo‘ldi

21 aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni yangi qayd etilgan COVID-19 holatlaridan ko‘proq bo‘ldi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi ikki kunga nisbatan qisqargan.

Koronavirus tasdiqlangan holatlar 1678 taga yetdi
21 aprel 2020, 23:19

Koronavirus tasdiqlangan holatlar 1678 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 21 taga ko‘payib, jami 1678 taga yetdi.

DSQ yirik soliq to‘lovchi korxona xodimlarining avtotransportlariga stiker beradi
21 aprel 2020, 22:05

DSQ yirik soliq to‘lovchi korxona xodimlarining avtotransportlariga stiker beradi

Davlat soliq qo‘mitasi karantin davrida yirik soliq to‘lovchilarning transport vositalariga maxsus ruxsat beruvchi stikerlar berishni boshlaydi. Ruxsat beruvchi stiker olingan kundan boshlab 30 kun mobaynida harakatlanish huquqini beradi. Stikerlar faqat belgilangan yo‘nalish bo‘yicha, xizmat maqsadlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha transport vositasidan foydalanish uchun beriladi.

Darslik chop etuvchi korxonlarning faoliyat yuritishiga ruxsat berildi
21 aprel 2020, 21:13

Darslik chop etuvchi korxonlarning faoliyat yuritishiga ruxsat berildi

Darslik chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonlarining faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. Ushbu korxona rahbarlari sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishiga shaxsan javobgar bo‘lishadi.

Bir kunda deyarli 100 nafar koronavirus bemori tuzaldi
21 aprel 2020, 19:28

Bir kunda deyarli 100 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida yana 13 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Jami koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 357 kishiga yetdi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 344 kishiga yetdi
21 aprel 2020, 19:12

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 344 kishiga yetdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 bemor butkul sog‘aydi. Ularning uch nafari Rossiya, biri Turkiyadan kelgan bo‘lsa, qolganlari bemorlar bilan muloqotda infeksiya yuqtirgan. Hozirga kelib jami sog‘ayganlar soni 344 kishiga yetdi.

Tuproqqal’a tumaniga hokim va boshqa rahbarlar tasdiqlandi
21 aprel 2020, 18:50

Tuproqqal’a tumaniga hokim va boshqa rahbarlar tasdiqlandi

Xorazm viloyatida yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumaniga hokim, prokuror, IIB, DSI boshliqlari tayinlandi.

Yana 50 nafar koronavirus bemori tuzaldi
21 aprel 2020, 18:25

Yana 50 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Toshkent shahri, Buxoro, Xorazm va Namangan viloyatlarida jami 50 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, mamlakatda to‘liq tuzalgan bemorlar soni 334 kishiga yetdi.

Xususiy klinikalar koronavirus testini o‘tkazishga jalb qilinmaydi
21 aprel 2020, 18:18

Xususiy klinikalar koronavirus testini o‘tkazishga jalb qilinmaydi

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov xususiy klinikalar COVID-19 testini o‘tkazishda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Avvalroq ularga bunday imkoniyat berilganligi haqida xabar qilingan edi, ammo davlatdagi laboratoriya imkoniyatlari yetarli ekanligi aytildi.

Koronavirus bemori yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi
21 aprel 2020, 17:49

Koronavirus bemori yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi

Koronavirus aniqlangan 73 yoshli (erkak) bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 274 nafarga yetdi (+5)
21 aprel 2020, 17:45

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 274 nafarga yetdi (+5)

Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan 5 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha jami tuzalganlar soni 274 nafarga yetdi.

Yana 8 nafar koronavirus bemori tuzaldi
21 aprel 2020, 17:17

Yana 8 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 8 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 269 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Ekologiya qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
21 aprel 2020, 17:09

Ekologiya qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Narzullo Oblomurodov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Islombek Boqijonov esa rais o‘rinbosari etib tayinlandi.

Maykl Pompeo «Innovatsiyalar uchun hamkorlik» dasturi ishga tushirilganini olqishladi
21 aprel 2020, 16:57

Maykl Pompeo «Innovatsiyalar uchun hamkorlik» dasturi ishga tushirilganini olqishladi

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarga bepul psixologik yordam ko‘rsatuvchi resurs ishga tushirilganligini olqishladi.

Tramp AQSHga immigratsiyani to‘xtatmoqchi
21 aprel 2020, 16:53

Tramp AQSHga immigratsiyani to‘xtatmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika fuqarolarining ish joylarini saqlab qolish uchun mamlakatga immigratsiyani to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzolashini aytdi.

O‘SSH va PZR uskunalari xaridi uchun yapon grantlarini jalb qilish rejalashtirilmoqda
21 aprel 2020, 14:52

O‘SSH va PZR uskunalari xaridi uchun yapon grantlarini jalb qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan o‘pkani sun’iy shamollatish uskunasi va polimeraza zanjiri reaksiyasi moslamalarini sotib olish uchun Yaponiya hukumati grantlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 180 davlat orasida 156-o‘rinni egalladi
21 aprel 2020, 14:21

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 180 davlat orasida 156-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida to‘rt pog‘ona yuqorilab, 180 davlat orasida 156-o‘rinni egalladi. Mamlakatdagi vaziyat hali ham «murakkab» deb baholanmoqda.

Koronavirusga testlar soni oshishi karantin shartlarini yumshatishi mumkin
21 aprel 2020, 14:15

Koronavirusga testlar soni oshishi karantin shartlarini yumshatishi mumkin

O‘zbekistonda 150 mingga yaqin fuqaro koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan. Koronavirusga testlar soni maksimal oshirilsa karantin shartlarini yumshatish mumkinligi aytilgan. O‘z o‘rnida, mamlakatda ekspress-testlar o‘tkazilmaydi.

Qonun va hujjatlar loyihasi o‘zbek tilida bo‘lishi shart — Adliya vazirligi
21 aprel 2020, 13:58

Qonun va hujjatlar loyihasi o‘zbek tilida bo‘lishi shart — Adliya vazirligi

Regulation.gov.uz portaliga davlat tilida matni bo‘lmagan loyihalar portal ma’muriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chiriladi. Bu haqda ogohlantirish 20 apreldan joylashtirilgan.

O‘zbekiston Rossiyaga tibbiy niqoblar jo‘natdi
21 aprel 2020, 13:09

O‘zbekiston Rossiyaga tibbiy niqoblar jo‘natdi

O‘zbekistondan jo‘natilgan ikki partiyadan iborat insonparvarlik yordami Moskvaga yetib bordi. Rossiyaga jami 5 mln dona tibbiy niqob yuborish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting