Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani IIB xodimlari 26 may kuni fuqaro M.T. o‘z tomorqasida 329 tup ko‘knori o‘stirayotganini aniqladi, deb xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati.

Holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan (ekish taqiqlangan ekinlarni yetishtirish / uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlangan 329 tup ko‘knori ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan, gumondor esa hibsga olingan.