Botir Rahmatovich Parpiyev mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar berdi Mahalla vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, maslahatchi lavozimi maqom bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilgan.

Botir Parpiyev (1946 yilda tug‘ilgan) 2002 — 2004 yillarda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, undan avval esa ichki ishlar vaziri o‘rinbosari (1998 — 2002) va favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimlarida ishlagan. 2004 — 2018 yillarda Davlat soliq qo‘mitasini boshqargan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

So‘ngra Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari (vazirlik qayta tashkil etilgunga qadar) lavozimlarida ishlagan.