Ijtimoiy tarmoqlarda Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVVning ma’lum qilishicha, 5 iyun kuni soat 20:21 da Narpay tumani FV bo‘limiga «Sari bozor» MFY hududida joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘laytgani to‘g‘risida shoshilinch xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Maxsus guruh 20:35 da yetib kelgan. Yong‘in 22:10 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida jami uchta oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 70 kv.m. maydonida shift, tom qismi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan aniqlangan.

Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.