6 iyun, dushanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo ochiq va issiq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.

Faqat kunning ikkinchi yarmida ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi +35…+38 daraja bo‘ladi.

Seshanba kunidan boshlab janubdan Turkmaniston orqali juda issiq havo oqimlarini chiqishni boshlanadi.

O‘zbekiston hududida kundan-kunga issiq kuchayib, payshanba kuni +38…+39 daraja atrofida, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida +40…+42 darajagacha bo‘ladi. Bu ushbu davr uchun me’yordan 5−6 daraja yuqoridir.

10 iyun, juma kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan kuchsiz havo oqimlarini kirib kelishi kutilmoqda.

Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu kuni havo harorati +32…+37 daraja bo‘ladi.

7−9 iyun kunlari shimoliy va cho‘l hududlarida shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi, 10 iyunda respublika bo‘ylab ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.