6 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prezident Qozog‘iston prezidentini davlat konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umummilliy referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, fan-ta’lim va madaniy-gumanitar hamkorlik loyihalarini ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin va samarali muloqotni davom ettirish istiqbollari muhokama qilindi.