O‘zbekistonda 9 dekabr holatiga doimiy aholi soni 36 milliondan oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Erkaklar soni 18,1 million, ayollar soni esa 17,9 millionni tashkil etmoqda.

Yilning birinchi uch choragi yakunlariga ko‘ra (1 oktabr holatiga) doimiy aholi soni 35,821 million kishini (erkaklar — 18,024, ayollar — 17,796 million kishi) tashkil etib, yil boshidan buyon 549,7 ming kishiga yoki 1,6 foizga o‘sgan edi.

2022 yil boshida doimiy aholi soni 35,271 million kishini tashkil etgandi (shu jumladan erkaklar — 17,744 million, ayollar — 17,527 million).

2021 yilda O‘zbekistonda doimiy aholi soni 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paydi.

Doimiy aholi, bu — aholini ro‘yxatga olish vaqtida ma’lum bir aholi punkti yoki hududda doimiy yashovchi, shu jumladan vaqtincha yo‘q bo‘lgan aholi.

Aholi soni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 41-o‘rinni egalladi, deya qo‘shimcha qildi Davlat statistika qo‘mitasi.