O‘zbekistonda koronavirusning kunlik ko‘rsatkichlari soni yana ortib, 9 dekabr kuni 130 kishida virus aniqalndi (bir kun avval 122 kishi). Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Juma kuni birgina Toshkent shahrining o‘zida 107 nafar bemorga koronavirusga chalinganlik tashxisi qo‘yildi. Toshkent viloyatida virus yuqtirganlar aniqlanmadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Qashqadaryoda 4 nafar fuqaro ushbu kasallikka chalindi.

Respublikada pandemiya boshlangandan beri 247,6 ming kishining koronavirus yuqtirgani rasman qad etildi.