Ijtimoiy tarmoqlarda Angren neft bazasida avariya sodir etilganligi bilan bog‘liq tarqalgan xabar yuzasidan korxona boshlig‘i D.Azimov munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

10 dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angren neft bazasi hududida 5000 metr kub hajmdagi 20-sonli sig‘im (rezervuar) sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi tufayli muzlab, yorilish yuz bergan. Oqibatda sig‘imda bo‘lgan 11 500 litr AI-80 benzin yoqilg‘i mahsuloti to‘kilgan.

Yoqilg‘i mahsulotlari yomg‘ir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan soat 14:00 da tashqariga sizib chiqa boshlagan.

«Sodir bo‘lgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida soat 20:45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetkazilmagan», — deyiladi bayonotda.