Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tezkor tadbirlar davomida fuqaroni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan yetkazib qo‘yishni taklif qilayotgan shaxsni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum bo‘lishicha, 1987 yilda tug‘ilgan Samarqand tumanida yashovchi shaxs Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni O‘zbekiston — Turkiya — BAA — Meksika — AQSh yo‘nalishi orqali Amerikaga yuborish uchun 30 ming dollar talab qilgan.

U 10 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.