AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi ushbu markadagi benzinning AYOQSHlarda sotilayotgan chakana narxining 1000−1200 so‘mga arzonlashishiga olib kelishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev ma’lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda AI-80 benzining narxi 5500 so‘mgacha pasayishi kutilmoqda.

«Ta’kidlash joizki, birjaga chiqarilayotgan hajmlar ham ortgan hamda birjada boshlang‘ich narxdan 5 foizdan ortiq bo‘lmagan narxni oshirish mumkinligini inobatga olgan holda, 5500 so‘mlik narx yaqin kunlarda biz AYOQSHlarda ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan raqam», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Administratsiyasi 2 oy muddatga AI-80 benzini importi uchun aksiz solig‘i va uni chakana sotish uchun aksiz solig‘ini hisoblash va undirishni to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilgan edi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.