Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Yuqori Chirchiq tumani bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda olib borilgan tekshiruvlar natijasida 2 nafar fuqaroning dala hovlida yashirin narkolaboratoriya tashkil etib, «Mefedron» sintetik narkotik moddasini tayyorlab, sotish bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UzA agentligi xabar berdi.

Tafsilotlarga ko‘ra, dala hovlida 1 kg 12 gr «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, kimyoviy suyuqliklar va boshqa zarur uskunalar borligi aniqlandi.

Shuningdek, bu shaxslarning biriga tegishli «kafe»da 18 gr «opiy», 33 gr «gashish» va 2 gr «Mefedron» narkotik moddalari topildi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar Telegram messenjeri orqali mijoz topib, narkotik moddalarni xufiya joylarga yashirib ketish orqali sotishgan.

Tadbir davomida 15 ta yashirin joyga sotish maqsadida 7 gr «Mefedron» va 8 gr «gashish» narkotik moddalari yashirilgani aniqlandi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Qonunbuzarlar jinoiy harakatlariga farg‘onalik kimyogarni ham jalb etgan. Narkotiklarni xufiya joylarga joylashtirish bilan esa Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi shaxs shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi.