Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdog‘anning qarorida aytilgan. Hujjat prezidentning rasmiy nashrida e’lon qilindi.

“Tojikistonning chet el pasportiga ega bo‘lgan fuqarolari uchun Turkiyaga sayohat qilishda vizasiz rejimni bekor qilishga qaror qilindi”, — deyiladi hujjatda.

Mazkur chora “Chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida”gi qonun asosida qabul qilingan. Qaror e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskvadagi “Krokus”da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish muhokama qilingandi.