O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari 5-aprel kuni Xivada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi, deb xabar qildi Oqo‘rda matbuot xizmati.

Prezidentlar Markaziy Osiyo rahbarlarining navbatdagi oltinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning borishi, shuningdek, C5+ formatidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo beshligining so‘nggi sammiti 2023-yil sentabrida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

️Mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash kontekstida ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish, Xitoy-Qozog‘iston-O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashishni tashkil etish uchun Qozog‘iston-Xitoy chegarasi va O‘zbekistonda o‘zaro manfaatli asosda yuk terminallarini taqdim etish tashabbuslarini olqishladi.

️Loyiha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, tashilayotgan yuklar hajmini oshirish, shuningdek, janubiy yo‘nalishda yuk tashish hajmini o‘stirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

️Qo‘shma korxona Transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etadi, deyiladi hisobotda.