30-aprel — 14-may kunlari Toshkent shahrida ilk bor o‘tadigan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasidan 13 nafar bokschi qatnashadi. Boks federatsiyasi matbuot xizmati sportchilarning ro‘yxatini e’lon qildi.

boks federatsiyasi, bokschiлар, jahon чемпионати

Sportchilar:

  • -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
  • -51 kg: Hasanboy Do‘smatov
  • -54 kg: Oybek Jo‘rayev
  • -57 kg: Abdumalik Xalokov
  • -60 kg: Mujibillo Tursunov
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
  • -71 kg: Saidjamshid Jafarov
  • -75 kg: A’loxon Abdullayev
  • -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev
  • -92 kg Lazizbek Mullojonov
  • +92 kg: Bahodir Jalolov

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, ayrim davlatlar O‘zbekiston va Hindistonda bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga rossiyalik sportchilar qatnashishi va davlat bayrog‘i ostida ishtirok etishi mumkinligi sababli boykot qilish istagini bildirgandi. Bunga nisbatan Boks federatsiyasi mamlakat musobaqani o‘tkazish huquqini olganida hech qanday cheklov bo‘lmaganini, “O‘zbekiston sport siyosatdan xoli tamoyilini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.