O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumda 611 mingdan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi

MSK 19−26-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berishda 611 ming 320 nafar fuqaro ishtirok etganini ma’lum qildi.

Toshkentda o‘tadigan boks bo‘yicha JCHda 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi (Ro‘yxat)

30-aprel — 14-may kunlari O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida milliy terma jamoadan 13 nafar sportchi qatnashadi. Ular orasida Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov kabi Olimpiya o‘yinlari chempionlari ham bor.

Toshkentni $250 mlrdga sotish bo‘yicha e’lon bergan shaxs maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqdi

IIV Kiberxavfsizlik markazi 8-sinf o‘quvchisi Toshkent shahrini onlayn sotuv platformasida 250 mlrd dollarga sotish haqida e’lon joylashtirganini aniqlandi. O‘smir buni hazil tariqasida qilganini bildirdi.

Samarqandda 14 yoshli boladan $4,5 ming olib, evaziga PUBG profilini bermagan o‘smirga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 16 yoshli bola PUBG profilini sotishini aytib 14 yoshli boladan 4,5 ming dollar olgan. Biroq profilni unga bermay, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

“Mening yo‘lim” loyihasidagi takliflarga ovoz berish boshlandi

Open budget axborot portalidagi “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida 10 mingtadan ortiq tashabbusli taklifga ovoz berish jarayoni boshlandi, u 7-maygacha davom etadi.

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish uchun “O‘rta Osiyo-Markaz” gaz quvuri ko‘rib chiqilmoqda

Rossiyadan O‘zbekistonga gazni “O‘rta Osiyo-Markaz” (CAC) gaz quvuri orqali yetkazib berish rejalashtirilmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq yetkazib berish uchun ko‘rib chiqilgan boshqa — “Buxoro-Ural” gaz quvuri eskirgani sababli mos kelmaydi.

“O‘zbekiston o‘z hududidan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga qarshi ekanidan minnatdormiz” — YeI maxsus vakili

YeIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan O‘zbekiston va Yevroittifoq mamlakat hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish, xususan, ikki maqsadli tovarlarni qayta eksport qilish uchun foydalanilmasligini ta’minlash borasida qanday ishlar olib borayotgani haqida ma’lumot berdi.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni O‘zbekistonga olib kirish va tarqatishda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlandi

O‘zbekistonga noqonuniy ravishda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirish va ularni mamlakat bo‘ylab tarqatish bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlanib, ularga tegishli 75 275 dona dorilar olib qo‘yildi.

Yunusoboddagi mahalla nomini ajrashishlar ko‘paygani uchun o‘zgartirish taklif qilindi

Yunusobodda salkam 30 yil “Shodlik” deb nomlangan mahalla nomi “tarixiy ahamiyat kasb etishi uchun” 2016-yili “Yo‘layriq” deb o‘zgartirilgan. Oradan yetti yil o‘tib, mahalla nomini endi “Obihayot” deb o‘zgartirishmoqchi. Ta’kidlanishicha, mahallaning hozirgi nomi yosh oilalarning totuvligiga xalal bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev yozda Italiyaga tashrif buyurishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Italiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi Italiya mudofaa vaziri Krozetto Gvido.

DXX Toshkentda narkotik modda savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslarni ushladi

Toshkent shahri va viloyatida jami 2,6 kg “gashish”, 800 gramm “opiy” va boshqa psixotrop dorilarning savdosiga chek qo‘yildi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar 2023-yilning ikkinchi yarimidan yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Vengriya 2023-yilning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentdagi investitsiya forumida rasmiy Budapesht O‘zbekiston bilan dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Buxoroda erkak boshqaning do‘konini 51 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Buxoroda erkak soxta pasport va shartnomani ko‘rsatib, birovning do‘konini ikki ayolga 50,8 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo ochiq va quyoshli bo‘ladi

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni harorat kunduzi 28−33 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Buxoroda quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoy kopmaniyasi bilan bitimlar imzolandi.

Sudandagi o‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga evakuatsiya qilindi

Ikki haftadan buyon Sudanda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar sababli xorijlik fuqarolar Saudiya Arabistoniga evakuatsiya qilinmoqda. Ko‘chirilayotganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Saudiya “ularning o‘z mamlakatlariga jo‘nab ketishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zaruriy ehtiyojlarni ta’minlab beradi”.