Toshkentda o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar uchta medal — ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qizlar o‘rtasida uzunlikka sakrash dasturida Sharifa Davronova kumush, o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa yadro uloqtirish bo‘yicha Abduazim Rahmatulloyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Uzunlikka sakrash, qizlar:

1. Bingbin Vu (Xitoy) — 6,41 m

2. Sharifa Davronova (O‘zbekiston) — 6,22

3. Muhammed Mubassina (Hindiston) — 5,90

yengil atletika

Yadro uloqtirish, bolalar:

1. Sixun Park (Janubiy Koreya) — 20,11 m

2. Abduazim Rahmatulloyev (O‘zbekiston) — 17,47

3. Abdulrahmon Al Kahtoni (Kuvayt) — 17.42

Sharifa Davronova hali uch hatlab sakrash dasturida sovrin uchun kurash olib boradi.

Maftuna Ahmedova 1500 metrga yugurishda terma jamoa hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

1. Xan Nguyen (Vetnam) — 4:35.15

2. Ayana Bolatbekkizi (Qozog‘iston) — 4:36,75

3. Maftuna Ahmedova (O‘zbekiston) — 4:39,57

yengil atletika

30-aprelga qadar davom etadigan musobaqada qit’aning 40 davlatidan sportchilar ishtirok etmoqda.