25-aprel kuni “Asakabank”da yangilangan shartlardagi avtokredit hamda mikroqarz bank mahsulotlarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda chet el hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan so‘nggi rusumdagi avtomobillar olib kelinib, mehmonlarga ular haqida batafsil ma’lumot berildi.

asakabank, реклама

O‘tkazilgan taqdimot kechasiga boshqa tijorat banklarining vakillari, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar hamda media sohasi vakillari tashrif buyurishdi.

“Asakabank” chakana biznes departamenti direktori Bekzod Tangmatovning ma’lum qilishicha, endilikda “Asakabank” rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun nafaqat O‘zbekiston, balki chet elda ishlab chiqarilib, import qilingan avto va mototransport vositalarini sotib olish uchun ham avtokredit ajratadi.

asakabank, реклама

Yangilangan shartlardagi bank mahsulotlari quyidagilardir:

  • “Avtokredit 2.3”;
    • yillik foiz — 21% dan;
    • muddati — 60 oygacha;
    • boshlang‘ich to‘lov — 10% dan;
    • rasmiy daromad talab etilmaydi.

asakabank, реклама

  • “Mikroqarz 2.3”;
    • miqdori — 50 mln so‘mgacha;
    • yillik foiz — 27,9% dan;
    • muddati — 3 yilgacha.
    • mobil ilova orqali — yillik 25,9% dan 20 mln so‘mgacha.

Telefon: 1152.

Reklama huquqlari asosida.