Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab qurilish sanoati keskin o‘zgarishlar va jadal o‘sishni boshidan kechirmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda bu o‘sish omili BIM (Building Information Modeling) — axborotni modellashtirish texnologiyasini joriy etish va uni davlat darajasida qo‘llab-quvvatlashdir.

McGraw Hill Constructions konsalting kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, BIM texnologiyasi obyektlarni loyihalashni o‘rtacha 10% dan 50% gacha, qurilish jarayonlarini 5% dan 10% gacha, ekspluatatsiya vaqtini va obyektlar narxlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Shu bilan birga texnologiya butun qurilish jarayonining shaffofligini ta’minlaydi va dizayn bosqichida obyektning iqtisodiy va ekologik jihatdan oqilona versiyasini tanlash imkonini beradi.

Yillar o‘tgani sari ko‘plab mamlakatlar BIM texnologiyasidan davlat tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda foydalanishni majburiy deb hisoblamoqda.

Loyiha va qurilish tashkilotlarida BIM texnologiyasini joriy etish dastlabki investitsiyalarni talab qiladi va dasturlarni o‘qitish, ichki standartlarni yaratish, umumiy ma’lumotlar muhitini sozlash va ma’lumot almashishni o‘z ichiga oladi. Odatda amalga oshirish jarayoni namunaviy guruhdan boshlanadi, so‘ngra kengaytirib boriladi. BIM texnologiyasini malakali amalga oshirish orqali tashkilot yangi turdagi xizmatlarni taqdim etish imkoniyati va bozorda raqobatbardosh ustunliklarga ega bo‘ladi.

Davlat darajasida BIM texnologiyasini joriy etish bir qator chora-tadbirlar, shu jumladan, xodimlarni tayyorlash darajasini oshirish, qurilish normalari, standartlari va qoidalarini o‘zgartirish, moslashtirish, ishlab chiqish, shuningdek, loyihalarni ekspertiza qilish jarayonlarini o‘zgartirishni nazarda tutadi.

Autodesk Inc arxitektura va qurilish sanoati uchun dasturiy ta’minotning (AutoCAD, 3ds Max, Revit, Civil 3D va boshqalar) dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Yagona platformadagi dasturiy mahsulotlarning keng doirasi ko‘plab fanlarni qamrab oladi, bu turli xil dasturlarning integratsiyasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga imkon beradi.

MCHJ Cad Systems SA kompaniyasi O‘zbekistondagi Autodesk korporatsiyasining distribyutoridir. Autodesk litsenziyalangan dasturlarini yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash, BIM texnologiyasini to‘liq joriy etish, davlat tuzilmalari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish sohasida o‘z faoliyatini yuritadi.

MCHJ Cad Systems SA kompaniyasi barcha manfaatdor tomonlarni samarali hamkorlikka taklif qiladi va uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatishga tayyorligini e’lon qiladi.

Telefon: (+998) 90−978−50−65.

E-mail: viktor.lee@kazcad.kz

Reklama huquqlari asosida.