26-aprel kuni Uzbekistan AIrways`ning Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha HY273 reysi bortida o‘g‘il bola dunyoga kelgan edi. Tug‘ruq jarayoni Istanbulga yaqinlashganda boshlandi. 1996-yilda tug‘ilgan Sitora ismli yo‘lovchi sog‘lig‘idan shikoyat qilib styuardessalarga murojaat qilgan.

“Qo‘nishdan taxminan bir soatcha oldin bizga bir yo‘lovchi qorinning pastki qismidagi og‘riqlardan shikoyat qilib keldi, — deydi styuardessa Yevgeniya Arakayeva “Gazeta.uz”ga. — Shundan so‘ng tug‘ruq boshlandi: qorni qattiqroq og‘riy boshladi, biz uni biznes-klassga o‘tkazdik, u yerda esa to‘lg‘oq boshlandi”.

Yevgeniya Arakayeva.Yevgeniya Arakayeva.

“Pastlashish oldidan yo‘lovchilardan kamarlarni taqib olishni so‘rashni boshlaganimizda, qizlar oldimga yugurib kelib, yo‘lovchining to‘lg‘og‘i boshlanganini aytishdi, — deydi reys katta konduktori Anora Qosimova. — Birinchi navbatda, tabiiyki, yerda tibbiy xodimlar bizni kutib olishlari uchun [uchuvchilar] kabinaga xabar berishdi”.

Anora Qosimovaning qo‘shimcha qilishicha, samolyot bortida favqulodda vaziyatlar uchun barcha zarur vositalar, jumladan, tug‘ruq uchun to‘plam mavjud.

Anora Qosimova.Anora Qosimova.

“Biz choyshab, toza salfetkalar tayyorladik. Bizda bolalar yo‘rgaklari ham mavjud. Bortda bizga yordam beradigan shifokorni topdik. Va uning rahbarligi ostida uyg‘unlikda harakat qilishdi”, — dedi styuardessa.

“Menga nima bo‘lishini kutayotgan har bir yo‘lovchining nafasini eshitgandek tuyuldi, — deb eslaydi styuardessa Anaxid Minasyan. — U tug‘ilganida, hammamiz shifokorning uni qanday qutqarganini kuzatdik. U tovush chiqarib, nafas ola boshlaganida, xayolimga birinchi bo‘lib “ekonom”ga kirish va: “O‘g‘il, Xudo unga o‘pkasini rostlashi-yu, chuqur nafas olishiga yordam berishi uchun ibodat qiling”, deyish keldi. Ha, ular biz uchun notanish odamlar, lekin bu go‘dak, bola. Va Xudoga shukurki, hammasi yaxshi bo‘ldi”.

Anaxid Minasyan.Anaxid Minasyan.

Yevgeniya Arakayevaning ta’kidlashicha, samolyotdagi barcha yo‘lovchilar xuddi bir katta oiladek jipslashdi.

“Hamma kutardi: kimdir nabirasini, kimdir jiyanini, kimdir ukasini. Va keyin bola tug‘ildi va hamma: „Bo‘ldi, u yerda qarindoshimiz tug‘di“. Jamoamiz ahil-inoq bo‘lgani uchun emas, balki yo‘lovchilar — 246 nafar qarindoshlar ham o‘zaro ahil-inoq bo‘lib ketishdi”, — deydi u.

“O‘zimga ham xuddi ikkinchi marta tug‘gandek tuyuldi, — deydi Anaxid Minasyan. — Chunki juda ta’sirli lahzalar edi: uning hali nafas olmayotganini ko‘rganimda, men bir necha daqiqalar ichida yo‘lovchilar, biznes-klasda ham, ekonomda ham bir-birlaridan: „Tug‘ildimi, tug‘ildimi?“ deb so‘raganlarini eshitdim”, — deya eslaydi u ko‘zlarida yoshi bilan

“Komandir yerga bortimizda shunday holat sodir bo‘lgani haqida xabar berganidan so‘ng, Istanbul aeroporti xizmati bizga yashil yo‘lak taqdim etdi: birinchi navbatda samolyotimiz o‘tkazib yuborildi, bizga eng yaqin avtoturargohni berishdi. Birinchi bo‘lib shifokorlar bortga chiqishdi. Vaziyatni ma’lum qildik va hammasini shifokorlarga yetkazdik”, — deya qo‘shimcha qildi Anora Qosimova.

uzbekistan airways

“Vaziyat juda jiddiy edi. Xudoga shukur, bortda bizga yordam bergan shifokorlar bor edi. Bizning malakamiz, jamoaning samaradorligi va uyg‘unligi ham qo‘l keldi. Barchamiz xavotirda edik va asabiylashdik, bu juda sezilib turardi. Lekin biz buni uddaladik. Xudoga shukur, hamma tirik, sog‘-salomat, hammasi joyida”, — deya qo‘shimcha qildi Anora Qosimova.

Anaxid Minasyanning aytishicha, bu uning amaliyotida havoda birinchi tug‘ruq emas.

“2009-yilda, adashmasam, biz Kuala-Lumpurdan uchganmiz. Bizga bir qiz murojaat qildi, lekin unga hali bor edi — taxminan olti oylik. U og‘riqdan, suyuqlikni yo‘qotayotganidan shikoyat qildi. Komandirga zudlik bilan qo‘nishimiz kerakligini aytdik. U bizga eng yaqin Dehli aeroportini taklif qildi. Biz qo‘ndik.”

Anaxid Minasyanning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda ham ekipaj yo‘lovchilar orasidan tibbiyot xodimini topilgan. “U ko‘rikdan o‘tkazishi mumkinligini aytdi, lekin ayol Toshkentgacha yetib bora olmasdi va zudlik bilan qo‘nish kerak edi”.

Kompaniya rahbariyati ekipajni faxriy yorliq bilan taqdirladi hamda bort kuzatuvchilari va uchuvchilarga mukofot puli ajratishini ma’lum qildi.

Uzbekistan Airways matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bortda tug‘ilgan bolaga Muhammad deb ism qo‘yilgan. Uning onasi Istanbuldagi klinikadan chiqarilgan, bola esa muddatidan oldin tug‘ilgani uchun shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Uzbekistan Airways kompaniyasining Turkiyadagi vakili yosh ota-ona bilan uchrashib, ularga aviakompaniya sovg‘alarini topshirdi.