“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan Ai-92 benziniga berilgan chegirmalar 1-maydan boshlab to‘xtatilishini ma’lum qildi.

“Kelgusida, narxlar import yetkazib beruvchilarning narxlarini hisobga olgan holda belgilanib, bozor munosabatiga muvofik, ochiq sog‘lom raqobat muxitiga kura shakillantiriladi”, — deyiladi xabarda.

Chegirma vaqtida Ai-92 benzinining bir litri 7500 so‘mdan sotilgandi.

UPD: Ushbu xabar bir soat o‘tar-o‘tmas UNG Petro kanalidan o‘chirilib tashlandi.