1-maydan boshlab “O‘zbekneftgaz” kompaniyasiga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 markali avtobenzinining narxi oshirilmaydi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“UNG Petro MCHJ mas’ul xodimlari bu boradagi xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan va bu holat bo‘yicha ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, yakshanba kuni UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan Ai-92 benziniga berilgan chegirmalar 1-maydan boshlab to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berilgan edi. Mazkur xabar keyinroq o‘chirildi.