O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish 25-maydan boshlanadi
22 may 2023, 11:20

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish 25-maydan boshlanadi

UzAuto Motors 25-maydan boshlab Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlanishini ma’lum qildi. Shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qolishi aytilmoqda.

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 1,5 kun issiq suv bo‘lmaydi
22 may 2023, 11:17

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 1,5 kun issiq suv bo‘lmaydi

Quvurlarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 23-may soat 20:00 gacha issiq suv ta’minoti to‘xtatildi. Ro‘yxat.

Surxondaryodagi To‘palang GESda modernizatsiya ishlari yakunlandi
22 may 2023, 10:17

Surxondaryodagi To‘palang GESda modernizatsiya ishlari yakunlandi

Surxondaryo viloyatidagi To‘palang GES 75 mln 400 ming yevro evaziga modernizatsiya qilindi. Sinov ishlari to‘liq yakunlangach, GES 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqara boshlaydi. Prezident 2019-yilda u yerdagi ishlar bilan tanishib, jarayonni “tarixiy voqea” deb atagan.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 490 — 11 545 so‘m etib belgilandi
22 may 2023, 09:48

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 490 — 11 545 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 22-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420 — 11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490 — 11 545 so‘m.

Davlat granti bitiruvchilarining 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchini yo‘qotmagan — vazirlik
22 may 2023, 09:44

Davlat granti bitiruvchilarining 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchini yo‘qotmagan — vazirlik

Tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buni rad etib, majburiyat o‘z kuchini yo‘qotmaganini izohladi.

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusi butunlay yonib ketdi
21 may 2023, 18:47

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusi butunlay yonib ketdi

Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Transport vositasi deyarli butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentda bino qurilishiga norozi bo‘lgan aholi bilan janjallashgan kompaniya vakillari 10 sutkaga qamaldi
21 may 2023, 18:40

Toshkentda bino qurilishiga norozi bo‘lgan aholi bilan janjallashgan kompaniya vakillari 10 sutkaga qamaldi

Toshkentning Yunusobod tumanida qo‘p qavatli uylar orasiga “dom” qurmoqchi bo‘lgan kompaniya vakillari va aholi o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Poytaxt hokimligi aholi roziligisiz hududda qurilish amalga oshirilmasligini, IIBB esa fuqarolar bilan janjallashgan shaxslar 10 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Varlamovning O‘zbekistondagi “lyuks” poyezdlar haqidagi tanqidiga izoh berdi
21 may 2023, 18:25

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Varlamovning O‘zbekistondagi “lyuks” poyezdlar haqidagi tanqidiga izoh berdi

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov O‘zbekistonda “lyuks” vagondagi sayohati davomida skotch yopishtirilgan derazalar, kir stol va hojatxona hamda buzilgan dushga e’tibor qaratdi. “Poyezd boshlig‘i yoki vagon nazoratchisi o‘zbeklarni „podstava“ qilyapti”, — dedi u. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” holat yuzasidan izoh berdi.

Gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish dasturi sentabrgacha taqdim etiladi
21 may 2023, 11:41

Gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish dasturi sentabrgacha taqdim etiladi

2023-yil sentabrigacha O‘zbekistonda energetikani rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur taqdim etiladi. Unda gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish hamda ijtimoiy iste’mol normalarini joriy etish nazarda tutiladi, deya ma’lum qildi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev.

O‘zbekiston futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi
21 may 2023, 09:59

O‘zbekiston futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi

O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi. Argentina jamoasiga qarshi o‘yinda o‘zbekistonliklar hisobni birinchi bo‘lib ochgan bo‘lsa-da, so‘ng ikkita gol o‘tkazib yubordi (statistika, foto, video).

Qozog‘istondagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
20 may 2023, 20:49

Qozog‘istondagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda “KamAZ” va Toyota Ipsum avtomobili ishtirokidagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana ikki yo‘lovchi shifoxonaga yetkazildi. Mart oyi boshidan beri Qozog‘istonda uchta YTHda kamida 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.

Xitoy O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirishini soddalashtirmoqchi
20 may 2023, 15:50

Xitoy O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirishini soddalashtirmoqchi

Xitoy tomoni Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga 10 kun muddatga vizasiz kirish siyosatini yuqori baholab, o‘zbekistonliklarning XXRga kirishini ham soddalashtirish choralarini ko‘rishga tayyor ekanini bildirdi.

Qashqadaryoda arxeologik yodgorlikka zarar yetkazgan ikki fuqaro 47,5 mlrd so‘m jarimaga tortildi
20 may 2023, 15:30

Qashqadaryoda arxeologik yodgorlikka zarar yetkazgan ikki fuqaro 47,5 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Yakkabog‘da ikki kishi Kunjutlitepa arxeologiya yodgorligida tepalik tuprog‘ini surib tashlashi oqibatida obyekt qayta tiklanmaydigan darajaga kelib qolgan. Bu harakatlari uchun fuqarolar 47,5 mlrd so‘m jarimaga tortildi, shuningdek, ulardan birining 3,5 yilga ozodligi cheklandi.

Surxondaryoda fuqaroga kuch ishlatgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20 may 2023, 14:06

Surxondaryoda fuqaroga kuch ishlatgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Muzrabot tumanida mastligi aytilgan erkakni urib, unga kuch ishlatgan IIB xodimi “mansab vakolatidan chetga chiqqan” deb topildi va harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovning borishini prokuratura nazoratga olgan.

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Rossiya esa 500 amerikalikning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi
20 may 2023, 13:40

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Rossiya esa 500 amerikalikning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi: “qora ro‘yxat”da 100 dan ortiq kompaniya, o‘nlab jismoniy shaxslar, shuningdek, eksport embargosi ostida bo‘lgan 1000 dan ortiq turli tovarlar mavjud. Rossiya TIV bunga javoban 500 nafar amerikalik, jumladan, Barak Obamaning mamlakatga kirishini taqiqladi.

Surxondaryoda 110 mlrd so‘mlik sanatoriy qurilmoqda
20 may 2023, 12:12

Surxondaryoda 110 mlrd so‘mlik sanatoriy qurilmoqda

Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Surxondaryoning Sariosiyo tumanida 200 o‘rinli sanatoriy qurilmoqda. 7 qavatli binoning umumiy qiymati 110 mlrd so‘mga teng.

Toshkentda rashk sababli ichki ishlar inspektorini o‘ldirgan erkak 14,5 yilga qamaldi
20 may 2023, 11:06

Toshkentda rashk sababli ichki ishlar inspektorini o‘ldirgan erkak 14,5 yilga qamaldi

2022-yilda Olmazor tumani IIO inspektorini o‘ldirgan shaxs 14 yil 6 oyga qamaldi. Sudlanuvchiga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i inspektorning mashinasiga chiqqanidan so‘ng rashk sababli qotillikka qo‘l urgan.

Toshkent viloyatida yo‘l qoidabuzarliklarini 360 gradusda aniqlovchi qurilma ishga tushdi
20 may 2023, 10:44

Toshkent viloyatida yo‘l qoidabuzarliklarini 360 gradusda aniqlovchi qurilma ishga tushdi

Toshkent viloyatida YPX xodimlarining mashinalariga 360 darajada qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma o‘rnatildi. U tezlikni oshirgan, svetoforga amal qilmagan, to‘xtash, to‘xtab turish va boshqa qoidalarni buzgan mashinalarni aniqlaydi.

Toshkentdagi maktabda chiqindilardan tayyorlangan liboslar tanlovi o‘tkazildi
20 may 2023, 10:27

Toshkentdagi maktabda chiqindilardan tayyorlangan liboslar tanlovi o‘tkazildi

Miroboddagi 147-maktabda plastik idishlar, polietilen paketlar, konfet o‘ramlari va boshqa materiallardan tayyorlangan liboslar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan maqsad bolalar va kattalar e’tiborini ekologik muammolarga qaratish, deydi maktab direktori.

Odam savdosida gumonlangan ayol Malayziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
20 may 2023, 09:25

Odam savdosida gumonlangan ayol Malayziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Qizlarni aldov yo‘li bilan olib borib, ularni fohishalikka majburlashda ayblanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga olib kelindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting