Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi Pushkash-Arena stadionida 1-iyunga o‘tar kechasi Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi Italiyaning “Roma” klubiga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasidagi ustunlik evaziga 7-marta ushbu kubokni o‘ziniki qilib oldi.

61 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurgan o‘yinning birinchi bo‘limida Paulo Dibala “Bo‘rilar”ning asosiy vaqtdagi yagona goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Janluka Manchini o‘z darvozasiga to‘p kiritib, muvozanatni tikladi.

Qo‘shib berilgan vaqtda ham hisobda o‘zgarish bo‘lmagach, jamoalar o‘zlarini penaltilar seriyasida sinab ko‘rdi. Unda “Sevilya” 4:1 hisobida ustun keldi.

Ushbu g‘alaba orqali g‘olib jamoa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. E’tiborli jihati, “Sevilya” bu turnirning final bahsida hali yutqazmagan. Rimliklar murabbiyi Joze Mourino esa yevrokuboklar finalidagi (Superkubokni hisobga olmaganda) birinchi marta mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yin sharhi

Foto

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси

Sevilya, рома, европа лигаси