O‘zbekiston IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan odam savdosida gumon qilingan ayol Kuala-Lumpurdan (Malayziya) Toshkentga olib kelindi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayol odam savdosi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va ko‘p yillar Malayziyada yashirinib yurgan. U firibgarlik yo‘li bilan xorijda yaxshi maoshli ishga joylashtirib berishni va’da qilib, qizlarni Malayziyaga olib borgani, o‘z sheriklari bilan jabrlanganlarning pasportlarini majburlab olgani, fohishalik qilishga majburlagani aytilmoqda.

“Gumonlanuvchi Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamkorlikdagi tadbirlar hamda tezkor-axborot ko‘magi, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi diplomatik missiyasining bevosita yordami natijasida qo‘lga olindi. Kelishilgan harakatlar tufayli qidiruvdagi ayolni qo‘lga olish va Malayziya rasmlari jinoyatchini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilmaguncha uni hibsda saqlash mumkin bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.