Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Argentinada bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining ilk o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi. 21-mayga o‘tar kechasi Santyago-del-Esteroda turnir mezboni Argentinaga qarshi kechgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda birinchi bo‘lib o‘zbekistonliklar hisobni ochishdi. Yarim himoyachi Mahmudjon Maxamadjonov 23-daqiqada jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab oldi va yaqin burchakka yo‘lladi. Argentinalik futbolchilar o‘yinni to‘xtatib, ofsayd bo‘lganiga ishora qilishdi, biroq hakam qayta tekshirganidan so‘ng golni hisobladi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib argentinaliklar hisobni tenglashtirdi. Hujumchi Alexo Velis to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi, darvozabon Otabek Boymurodov uni tutib qola olmadi.

Oradan biroz vaqt o‘tib Agustin Jay jarima maydonchasi ichida Maxamadjonovni yiqitdi. Bosh hakam Fransua Leteksiyer penalti belgiladi, biroq yon hakam bilan maslahatlashganidan keyin qarorini bekor qildi.

41-daqiqada hujumkor yarim himoyachi Valetin Karboni yaqin burchakka kuchli zarba yo‘llab jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, bosh murabbiy Ravshan Haydarov shogirdlari turnirni mag‘lubiyat bilan boshlashdi. “A” guruhining yana bir uchrashuvida Yangi Zelandiya Gvatemalani mag‘lub etdi (1:0).

футбол, u20 jahon чемпионати

Keyingi o‘yinda O‘zbekiston 23-may kuni Yangi Zelandiya bilan o‘ynaydi.

Statistika

футбол, u20 jahon чемпионати

Video

FIFA saytidagi video

Foto

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати

футбол, u20 jahon чемпионати