“Toshkent issiqlik elektr markazi” uskunalarining ishlashi 2 kunga to‘xtatildi va shu sababli ayrim manzillarga issiq suv yetkazib berilmaydi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.

Ta’kidlanishicha, “Toshkent IEM”dagi to‘xtash “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan sovuq suv quvurlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

Uskunalarning to‘xtashi 22-may kuni soat 09:00 dan 23-may soat 20:00 gacha davom etadi. Bu vaqtda quyidagi hududlarda ta’minot to‘xtatiladi:

  • Mirobod tumani (Nukus ko‘chasi, Katta Mirobod 1-o‘tish yo‘li, Mironshoh 7-tor ko‘chasi, Avliyoota ko‘chasi, Gospital dahasi, Mirobod, Katta Mirobod, Avliyoota-Nukus, Afrosiyob-Gospital, Xonzodabegim, Oybek, Turkiston, Amir Temur, Nukus 1-boshi berk ko‘cha, Istiqbol, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Fidokor, Afrosiyob, Chimkent, Buyuk Turon, Kichik Beshyog‘och, Haydar Aliyev, Yakka Chinor, Buxoro, Matbuotchilar, Zarafshon, Islom Karimov ko‘chalari);
  • Chilonzor tumani (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 16, 17, 18, 19, 20a, Ye, S, I-24 mavzelar, Muqimiy, Lutfiy, Do‘mbirobad, Arnasoy, Naqqoshlik, Chilonzor, Bog‘iston, Nafosat, Cho‘pon ota ko‘chalari);
  • Mirzo Ulug‘bek tumani (Abdulla To‘qay, O‘zbekiston ovozi ko‘chalari);
  • Shayxontohur tumani (Oqtepa mavzesi, Gulxaniy ko‘chasi, Oqtepa mikrorayoni, Samarqand darvoza, Yesenin, Nurafshon va Uvaysiy ko‘chalari);
  • Yunusobod tumani (Matbuotchilar, Sayilgoh, Sharof Rashidov ko‘chalari);
  • Yakkasaroy tumani (Bobur, Hamza Umarov, KHAY, Abdulla Qahhor, Nukus, Kichik Beshyog‘och, Hamid Sulaymon, Glinka, Boshliq dahasi, Qushbegi, Boshliq 1-tor ko‘cha, Qushbegi, Cho‘ponota, ko‘chalari, Rustaveli, Bog‘i bo‘ston, Yakkasaroy 1-tor ko‘chasi, Yakkasaroy 2-tor ko‘cha, Nurmuhammedov, Komil Yashin, Safdosh, Muqimiy, Suqrot, Muqimiy 1-tor ko‘cha, Shohjahon, Akromxo‘jayev, Rakat mavzesi, Rakat, Imom at-Termiziy, O‘rikzor, O‘rikzor 1-tor ko‘cha, Jamshid Shoshiy, Jamshid Shoshiy 1-tor ko‘cha 1, Belariq, Toshbuloq, Botir Babayev, Askiya, Abdulla Avloniy, Yusuf Xos Hojib, Jiydazor, Bratislava, Rakatboshi, Mirobod, Ko‘hinur, Tafakkur, Bog‘saroy, Vohidov, Sarabo‘ston, Yunus Rajabiy, Samarqand, Afrosiyob, Sharof Rashidov);
  • Sergeli tumani (Soat Tolipov, M.Xadar, Oltin vodiy va Islom Karimov nomli aeroport);
  • Yashnobod tumani (Sodiq Azimov, Elbek, To‘ytepa, Istiqlol, Istiqbol, Shahrisabz, Maxtumquli ko‘chalari).