“O‘zbekiston temir yo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi rossiyalik bloger Ilya Varlamovning O‘zbekistondagi “lyuks” poyezdlar haqidagi tanqidiga munosabat bildirdi.

иля vaрламов, poyezd, o‘zбекистон temir yo‘llari, o‘ztemiryo‘lovchi

иля vaрламов, poyezd, o‘zбекистон temir yo‘llari, o‘ztemiryo‘lovchi

Varlamov o‘z loyihasining navbatdagi sonini O‘zbekiston qishloqlariga bag‘ishlab, unda hojatxonasi va dushi mavjud hashamatli poyezdga chipta sotib olganini ham aytib o‘tgan.

Xususan, qavat-qavat skotch yopishtirilgan derazaga, juda ko‘p yuvilganidan rangi kulranglashgan oq choyshablarga, usti gazeta bilan qoplangan kir stolga, sochlar va sariq dog‘lar bilan qoplangan hojatxonaga hamda ishlamaydigan dushga e’tibor qaratgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vagonga chipta narxi 100 dollardan oshadi.

“Shaxsan men bu yerda, bunday poyezdga chipta sotishdan uyalaman, chunki odamlar, ayniqsa, chet ellik bo‘lsa, shu poyezdda yurib, O‘zbekiston va o‘zbeklar haqida vijdonsiz, degan fikrga kelishadi. Aslida unday emas. O‘zbeklar ajoyib, ozoda va tartibli odamlar. Lekin poyezd boshlig‘i yoki vagon nazoratchisi o‘zbeklarni „podstava“ qilyapti. Ular uyalishi kerak. Umid qilamanki, ularga tanbeh beriladi”, — degan u.

иля vaрламов, poyezd, o‘zбекистон temir yo‘llari, o‘ztemiryo‘lovchi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Ilya Varlamov videoni 18-fevral kuni Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi “Sharq” poyezdida tasvirga olgani, mazkur holat yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazilganini bildirdi.

“Ko‘rsatilgan kamchiliklar yuzasidan ushbu sanada xizmat vazifasini olib borgan vagon kuzatuvchilari va poyezd boshlig‘iga qat’iy intizomiy jazo qo‘llanilgan. “Hozirgi kunda barcha yo‘nalishlar harakati davomida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatilishini tekshirish maqsadida ishchi guruh qo‘shimcha faoliyatini boshlagan”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, kompaniya videoda aytilgan chipta narxi 100 dollar ekanini rad etib, bloger chiptani “Rossiya temir yo‘llari” saytidan elektron shaklda olgani, uning narxi 4213,9 rublni tashkil etishini ma’lum qildi.

“Mazkur vagon lyuks toifasida bo‘lib, 4 ta kupedan iborat va faqat 8 ta yo‘lovchi uchun xizmat ko‘rsatadi. Ushbu yo‘nalish chipta narxi 385 980 so‘m hisoblanadi”, — deyiladi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ilya Varlamov 2020-yilda Samarqand shahar infratuzilmasidagi kamchiliklarni tanqid qilganidan so‘ng shahar hokimiyati ularning ayrimlarini bartaraf etgan edi. Urbanist, amaldorlar bu qadar tez javob berishini bilganida, masalaga jiddiyroq yondashgan bo‘lishini yozgandi u.