Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 147-maktabda chiqindilardan tayyorlangan liboslar tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tanlov ta’lim muassasasi rahbari Zamira Isayeva tashabbusi bilan o‘tkazilgan.

“Ota-onalar va o‘quvchilar maishiy chiqindilar muammosiga boshqa tomondan qarashga urinishdi: ozgina fantaziya va tabiatga bo‘lgan muhabbat samarasi o‘laroq haqiqiy EcoModa-2023 shousi namoyish etildi”, — deyiladi xabarda.

chiqindilardan tayyorlangan liboslar, миробод тумани, экология

chiqindilardan tayyorlangan liboslar, миробод тумани, экология

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad bolalar va kattalar e’tiborini ekologik muammolarga, yillar davomida yer tagida chirimaydigan chiqindilar muammosiga qaratish bo‘lgan.

chiqindilardan tayyorlangan liboslar, миробод тумани, экология

Tanlovda namoyish etilgan liboslar plastik idishlar, polietilen paketlar, konfetlar o‘ramlari va boshqa materiallardan tayyorlangan.

chiqindilardan tayyorlangan liboslar, миробод тумани, экология