2023-yilning yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Sayyohlarning 90 foizdan ortig‘i MDHning to‘rtta davlatiga to‘g‘ri keladi:

  • Tojikiston — 623,8 ming kishi;
  • Qozog‘iston — 558,8 ming kishi;
  • Qirg‘iziston — 487,7 ming kishi;
  • Rossiya — 207,7 ming kishi.

Shuningdek, Turkiyadan 30 mingga yaqin, Turkmanistondan 14,2 ming nafar va Janubiy Koreyadan 9,2 ming nafar fuqaro sayyohlik safariga chiqqan. Hindistondan 8,3 ming, Xitoydan 6,3 ming, Germaniyadan esa 5,7 ming kishi kelgan.

Mart-aprel oylarida turistik sayohatlar soni ortgan. Ikki oy ichida Tojikistondan 334,6 ming, Qozog‘istondan 317,4 ming, Rossiyadan 126,7 ming mehmon kelgan.

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar oqimi qariyb uch barobarga oshib, 871 ming kishini tashkil etgandi.