“Alyans ATA” partiyasi blokidan Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan o‘z tarafdorlarini prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Rejep Tayyip Erdog‘anga ovoz berishga chaqirdi. Bu haqda Hurriyet xabar bermoqda.

Ogan o‘z qarorini hukmron koalitsiya saylovlarda parlamentning ko‘pchiligini qo‘lga kiritgani bilan izohladi. “Parlament va prezident bir ittifoq nazorati ostida bo‘lishi muhim”, — deydi siyosatchi.

Muxolifatdagi “Milliy Alyans” Kilichdarog‘lu, “20 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan [Erdog‘anning] Xalq ittifoqini mag‘lub eta olmadi va bizga kelajakka ishonch bag‘ishlaydigan istiqbol taklif qila olmadi” deb qo‘shimcha qildi.

Turkiyada saylovlarning birinchi bosqichi 14-may kuni bo‘lib o‘tdi. Uch nomzodning hech biri unda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 50 foizlik ko‘rsatkichdan o‘ta olmadi.

Amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog‘an 49,52 foiz ovoz olgan bo‘lsa, uning asosiy muxolifatdagi raqibi Kemal Kilichdorog‘lu 44,88 foiz ovoz to‘pladi. Sinan Ogan 5,17 foiz ovozga ega bo‘ldi.

Tahlilchilarning qayd etishicha, Ogan ikkinchi turda nomzodlardan birini ma’qullashi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Erdo‘g‘on allaqachon Oganga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan va ular o‘rtasida kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni rad etgan. Avvalroq Sinan Ogan qo‘llab-quvvatlashi evaziga yangi ma’muriyatda yuqori lavozimni egallashni istashini aytgandi.

Turkiya Oliy saylov kengashi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichini 28-mayga belgiladi.