Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi
17 dekabr 2020, 23:05

Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi

Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxtda qurilayotgan yer usti metro halqa yo‘li «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» deb nomlanadi.

Toshkent Xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi
17 dekabr 2020, 22:44

Toshkent Xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi

Ilk bor 1968 yilda tashkil etilgan Toshkent Xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi. Rossiyalik teleboshlovchi va prodyuser Valdis Pelsh va rejissyor Djanik Fayziyev bilan xalqaro memorandum imzolandi.

Xonqa tumaniga yangi hokim tayinlandi
17 dekabr 2020, 22:09

Xonqa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Moliya vazirligida bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Muradbek Davlatov Xorazm viloyati Xonqa tumaniga xokim etib tayinlandi.

Sirdaryoda 113 mln so‘mlik 7 tup daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi
17 dekabr 2020, 16:42

Sirdaryoda 113 mln so‘mlik 7 tup daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida fermer ko‘rsatmasi bilan 7 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 113 mln so‘mga baholandi.

Guljahon Yo‘ldosheva sudda Farrux Rustamovning o‘limiga umuman aloqasi yo‘qligini aytdi — advokat
17 dekabr 2020, 16:30

Guljahon Yo‘ldosheva sudda Farrux Rustamovning o‘limiga umuman aloqasi yo‘qligini aytdi — advokat

Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati u Farrux Rustamovning o‘limida umuman aloqasi yo‘qligini aytganini ma’lum qildi. Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan sud jarayonida uning ko‘rsatmasi tinglandi.

Farzandlarini cho‘ktirmoqchi bo‘lgan ayol videotasviriga munosabat bildirildi
17 dekabr 2020, 16:24

Farzandlarini cho‘ktirmoqchi bo‘lgan ayol videotasviriga munosabat bildirildi

Toshkent viloyatida eriga achchiq qilib bolalarini cho‘ktirib yubormoqchi bo‘lgan ayol videotasviri bo‘yicha munosabat bildirildi. Ayolni ekologlar to‘xtatib qolgan.

Xivaga hokim tayinlandi
17 dekabr 2020, 16:17

Xivaga hokim tayinlandi

Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Davletov Xiva hokimi etib tayinlandi.

Fransiya prezidenti koronavirus bilan kasallandi
17 dekabr 2020, 15:02

Fransiya prezidenti koronavirus bilan kasallandi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus bilan kasallandi. U 7 kunga izolyatsiya qilinadi va masofadan turib faoliyatini davom ettiradi.

Nukusda jamoat ishlari uchun oylik ololmagan ayollar ko‘chani to‘sib qo‘yishdi
17 dekabr 2020, 14:50

Nukusda jamoat ishlari uchun oylik ololmagan ayollar ko‘chani to‘sib qo‘yishdi

Nukusda yozda, karantin vaqtida jamoat ishlariga jalb qilingan ayollar ish haqlarini ololmagani uchun shahar markazidagi ko‘chani to‘sib qo‘ydi.

Dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan ortiq — BMT
17 dekabr 2020, 13:46

Dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan ortiq — BMT

BMT tomonidan taqdim etilgan so‘nggi hisobotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning eng ko‘pi Suriya va Venesueladan.

Qoraqalpog‘istondagi 15 ta maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi
17 dekabr 2020, 13:38

Qoraqalpog‘istondagi 15 ta maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi

YUNISEF ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 15 maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi. Ushbu maktablarda o‘g‘il va qiz bolalar uchun zamonaviy hojatxonalar va yuvinish xonalari, maktablarni chiqindilardan tozalash sharoiti barpo etiladi.

Davlat tashqi qarzlari zaxiralar bilan deyarli tenglashmoqda
17 dekabr 2020, 12:00 1

Davlat tashqi qarzlari zaxiralar bilan deyarli tenglashmoqda

2020 yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra 29,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (4,5 mlrd dollar), Jahon banki (3,1 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xitoyning «Chan’e-5» apparati Oydan Yerga muvaffaqiyatli tarzda qaytdi
17 dekabr 2020, 11:41

Xitoyning «Chan’e-5» apparati Oydan Yerga muvaffaqiyatli tarzda qaytdi

Xitoyning Oydan tuproq olib kelish uchun 24 noyabrda kosmosga uchirilgan «Chan’e-5» yig‘uvchi apparati 17 dekabr kuni o‘z missiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan holda Yerga qaytdi.

Bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshdi
16 dekabr 2020, 23:42

Bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshdi

16 dekabr kuni bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshib, BTC’ning bozor qiymati 373,9 mlrd dollarga yetdi. Bunday o‘sishga milliarderlar va yirik kompaniyalarning kripto valyutaga sarmoya kiritgani sabab bo‘ldi.

Namanganda MAN va Nexia to‘qnashuvida olti kishi vafot etdi
16 dekabr 2020, 22:57

Namanganda MAN va Nexia to‘qnashuvida olti kishi vafot etdi

Namanganda MAN yuk avtomashinasi chorrahada Nexia bilan to‘qnashdi. Olti kishi vafot etdi, ulardan uch nafari voyaga yetmaganlar.

Yil boshidan 106 nafar fuqaro is gazi va gaz chaqnashidan vafot etgan
16 dekabr 2020, 22:01

Yil boshidan 106 nafar fuqaro is gazi va gaz chaqnashidan vafot etgan

O‘zbekistonda yil boshidan beri is gazidan zaharlanish va gaz chaqnashi oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan. Prezident FVVning Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

11 oyda O‘zbekistonga 5,44 mlrd dollar jo‘natildi
16 dekabr 2020, 21:45

11 oyda O‘zbekistonga 5,44 mlrd dollar jo‘natildi

Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kamayib, 5,44 mlrd dollarni tashkil etdi. Ushbu davr mobaynida pul o‘tkazmalari bo‘yicha 4,36 mlrd dollarga teng bo‘lgan ijobiy saldo o‘rnatildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 dekabr 2020, 19:43

Jahon yangiliklari dayjesti

Yaponiya bosh vazirining sakkiz kishi ishtirok etgan kechki bazmda qatnashgani uchun uzr so‘ragani, Parij meriyasining ayol rahbarlar soni ko‘pligi uchun jarimaga tortilgani, Yevropa komissiyasining «VKontakte» va Telegram’ni «qaroqchilar ro‘yxati»ga kiritgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Prezident bayram oldidan narxlar qimmatlashuvining oldini olishni buyurdi
16 dekabr 2020, 19:35

Prezident bayram oldidan narxlar qimmatlashuvining oldini olishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bayramdan oldin go‘sht, shakar, guruch, o‘simlik yog‘i narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi. Bosh vazirga ushbu mahsulotlar zaxirasini to‘ldirish topshirig‘i berildi.

O‘zbekistondagi to‘rtta OTM QSning eng yaxshi universitetlar reytingidan joy oldi
16 dekabr 2020, 19:26

O‘zbekistondagi to‘rtta OTM QSning eng yaxshi universitetlar reytingidan joy oldi

Quacquarelli Symonds xalqaro agentligi tomonidan Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha 2021 yil uchun eng kuchli universitetlar reytingiga O‘zbekistonning to‘rtta universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti kiritildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting