Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Argentinada bo‘lib o‘tayotgan U-20 jahon chempionatining ikkinchi uchrashuvida durang o‘ynadi. 24-mayga o‘tar kechasi Santyago-del-Esteroda Yangi Zelandiyaga qarshi kechgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Yangi zelandiyaliklar birinchi bo‘lib hisobni ochdi. Benjamin Uolles 23-daqiqada kuchli zarba yo‘lladi, darvozabon Otabek Boymurodov to‘pga yeta olmadi.

41-daqiqada raqib hisobni 2:0 ko‘rinishiga yetkazdi. Yarim himoyachi Jey Xerdman ham jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni darvozaga yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda esa O‘zbekiston o‘zini o‘nglab oldi. 51-daqiqada yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib olib, Abbos Fayzullayevga uzatdi, u himoyachining oyoqlari orasidan darvozaning chap burchagiga aniq zarba berdi.

Ikkinchi bo‘limga hakam 9 daqiqa qo‘shimcha vaqt qo‘shib berdi va 90+3-daqiqada o‘zbekistonliklar hisobni tenglashtirdi. Himoyachi Zafarmurod Abdurahmatov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga o‘tib ketdi, ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Sherzod Esanov boshi bilan to‘pni raqib darvozasiga yo‘lladi.

Terma jamoa futbolchilari bosimni davom ettirdi, ammo Yangi Zelandiya bunga qarshi tura oldi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 69% to‘pga egalik qildi, Yangi Zelandiya darvozasiga 30 ta zarba berildi.

Shu tariqa, Yangi Zelandiya 4 ochko bilan “A” guruhida 2-o‘rinda bormoqda, Gvatemala (0) bilan 4-bo‘lib turibdi, Argentina esa 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda (Argentina — Gvatemala 3:0). O‘zbekiston esa uchinchi o‘rinda (1 ochko).

фuтбол, янги зеландия, Futbol bo‘yicha U-20 ЖЧ

Yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov shogirdlari ushbu uchrashuvda ochko yo‘qotgani va guruhdagi o‘rnini yaxshilay olmagani haqida gapirdi.

“Ammo yigitlarning o‘yinga bo‘lgan munosabati yuqori edi, lekin o‘yin sifatida… Yangi Zelandiya pressing yo‘qligini his qilib, qarshi hujumda o‘ynadi. Ular ikkita xatomizni golga aylantirishdi. Lekin biz o‘yinni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik, ularni golga aylantirdik, lekin kechikdik. Vaqti yetmadi. Biz o‘ynashda davom etamiz, hali imkoniyatlar bor”, — dedi u.

Video

FIFA saytida o‘yin sharhi mavjud.

Foto