20-may kuni O‘zbekiston Marketing uyushmasi har yilgi “Yil brendi-2022” mukofoti g‘oliblarini taqdirladi. Ushbu tadbir marketing va reklama sohasidagi yutuqlarni taqdirlash uchun oltinchi marta o‘tkazilmoqda. 2023-yil mukofot 25 ta nominatsiya bo‘yicha 550 mingdan ziyod iste’molchining ochiq ovoz berishi, shuningdek O‘zbekiston marketing uyushmasining 200 dan ortiq hamkori va yetakchi ekspertlari onlayn ovoz berishiga ko‘ra taqdim etildi.

Uzum ekotizimi to‘rtta sovrin sohibi bo‘ldi, ulardan ikkitasi Uzum Market marketpleysiga nasib etdi. Iste’molchilar tanlovining bo‘ich aUzum Market “Chakana savdo — marketpleys” va “Chakana savdo” toifalarida g‘olibi bo‘ldi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, Uzum ekotizimi “Axborot texnologiyalar va yechimlari” toifasida yil brendi, Uzum Bank esa — “Banklar, moliya institutlari va sug‘urtalash” toifasida eng yaxshi brend bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston marketing uyushmasi hamkorlari va ekspertlari Uzum Bank boshqaruvi raisi Sergey Gimadiyevni O‘zbekistonda marketingni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirladilar.

“Uzum brendi O‘zbekiston bozoriga 2022-yilda kirib kelganiga endi bir necha oy bo‘lgan esada, iste’molchilar va ekspertlar ekotizimimizning afzalliklarini munosib baholay olishganidan juda faxrlanamiz. Uzum har bir yechim va servisi bilan foydalanuvchilarimiz hayotini qulayroq, reklama kampaniyalarimizni yorqinroq qilishga intiladi”, — dedi Uzum ekotizimi direktori Jasur Jumayev.

Reklama huquqlari asosida.