So‘nggi yillarda dunyoda atrof-muhit plastik chiqindilar bilan ifloslanishi muammosiga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Ushbu muammoni hal qilishning usullaridan biri bu — plastik idishlarni yig‘ish va qayta ishlashdir.

Coca-Cola kompaniyasi Toshkent universitetlarida odamlarni keyingi qayta ishlash uchun plastik idishlarni yig‘ishga undaydigan eko-chellenjga start berdi. Ushbu material — O‘zbekiston talabalari bunday loyiha haqida qanday fikrdaligi haqida.

coca cola uzbekistan, pet2natureuz, реклама

Webster universiteti

“Men Coca-Cola plastmassani yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha eko-chellenj o‘tkazayotganidan juda mamnunman, chunki bu sayyoramizni kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga yordam beradigan muhim ijtimoiy tashabbusdir. Biz o‘z dunyomizni yanada yaxshi va toza joyga aylantirishimiz uchun bunday tashabbuslar O‘zbekistondagi kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak, deb o‘ylayman”, — deya o‘rtoqlashdi birinchi kurs talabasi Jamila.

coca cola uzbekistan, pet2natureuz, реклама

“Eko-chellenjlar atrof-muhitning ifloslanishi muammosiga e’tiborni qaratishning ajoyib usuli deb o‘ylayman. Coca-Cola shu tarzda plastikni yig‘ish va qayta ishlashga jo‘natish bilan barobar juda muhim vazifani bajarmoqda. Keyinchalik bu PET Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt platosidagi qo‘riqxonada sun’iy suv havzalarini yaratish uchun maxsus materialga aylanadi. Umid qilamanki, O‘zbekistondagi boshqa kompaniyalar ham ekologik tashabbusga qo‘shiladi va uni qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi birinchi kurs talabasi Javlon.

coca cola uzbekistan, pet2natureuz, реклама

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“Chellenj juda qiziqarli va ma’rifiy bo‘ldi. Men plastmassani qayta ishlash va uni tabiat manfaati uchun qanday ishlatish haqida ko‘p narsalarni bilib oldim. Men ushbu eko-chellenjda qatnashib, atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shganimdan xursandman. Universitetdagi barcha eko-kun tartibiga befarq qolmadi. Har kim oz bo‘lsada, sayyoramizni asrab-avaylash, Qoraqalpog‘iston tabiatidagi ekologik vaziyatni yaxshilashga o‘z hissasini qo‘sha oldi”, — deya ta’kidladi birinchi kurs talabasi Sofiya.

coca cola uzbekistan, pet2natureuz, реклама

“Men Coca-Cola kompaniyasining eko-chellenj tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Plastikni yig‘ish va qayta ishlash kelajak avlodlarga atrof-muhitni asrash uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifalardandir. Biz talabalardan, aslida, ishtirok etish uchun hech qanday murakkab narsa talab qilinmadi: ichimlik idishlarimizni maxsus idishga tashlash kifoya edi. Bitta qayta ishlangan PET — bu katta muammoni hal qilishga olib keladigan kichik qadamdir”, — dedi ikkinchi kurs talabasi Akbar.

coca cola uzbekistan, pet2natureuz, реклама

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

“Bunday tashabbuslar jamiyatimiz uchun juda muhim deb o‘ylayman. Ular atrof-muhit uchun mas’uliyatni anglashga yordam beradi va har birimiz oddiy chiqindini to‘g‘ri taqsimlash bilan sayyoramiz uchun foydali narsalarni qilishimiz mumkinligini ko‘rsatadi. Umid qilamanki, O‘zbekiston bunday kichik loyihalar bilan cheklanib qolmaydi va ularni butun aholi orasida o‘tkazishda davom etadi”, — deb o‘rtoqlashdi ikkinchi kurs talabasi Amalbek.

coca cola uzbekistan, pet2natureuz, реклама

“Chellenj yoshlar o‘rtasidagi eng qiziqarli mashg‘ulotlardan biridir. Uning yordami bilan Coca-Cola ko‘plab talabalarni plastik bilan ifloslanish global muammosiga e’tibor qaratishga jalb qila oldi. Dastlab, eko-chellenj universitetlar o‘zaro kurashadigan o‘yin turiga aylandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan plastmassani qayta ishlash eko-kun tartibi tabiatga bundanda ko‘proq e’tiborli bo‘lishga o‘rgatdi. Ishonchim komilki, ushbu tadbirda ishtirok etish mening atrof-muhitni muhofaza qiluvchi inson bo‘lib yetishishimga va sayyoramizni muhofaza qilishga hissa qo‘shishimga yordam beradi. Ushbu tashabbus uchun Coca-Cola kompaniyasiga rahmat”, — dedi Charos ismli ikkinchi kurs talabasi.

coca cola uzbekistan, pet2natureuz, реклама


16-mart kuni Toshkent shahridagi universitetlar o‘rtasida Coca-Cola Go Wasteless fondi loyihasi doirasida va O‘zbeksiton Yoshlar masalalari bo‘yicha agentligi ko‘magida amalga oshirilayotgan #PET2NATUREUZ ekologik chellenji boshlandi. Uning doirasida poytaxtning oltita oliy o‘quv yurtida PET-plastmassasini yig‘ish uchun konteyner zonalari ajratildi. Tanlov yakunida barcha yig‘ilgan plastmassa geomembrana ko‘rinishida qayta ishlanadi va Orol dengizi mintaqasida kichik suv omborini yaratishga yo‘naltiriladi.

Reklama huquqlari asosida.