Sankt-Peterburg portida muzlatkichli konteynerdan biridagi bananlar orasidan 50 kg kokain topildi. Yukni Afrika davlatlaridan Yevropa orqali O‘zbekistonga tranzit orqali olib o‘tmoqchi bo‘lishgan, deya xabar qildi Rossiya Federal bojxona xizmati.

наркотик

Narkotik moddalar tekshiruv majmuasi yordamida konteynerni skanerlash natijasida aniqlangan. Inspektor monitorda sovutkich bloki bo‘shlig‘idagi begona jismlarni payqagan, deyiladi xabarda.

наркотик

Tekshiruv davomida plyonkaga qadoqlangan oq kukunli 50 dona briket topilgan. Ekspert xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan modda kokain ekani ma’lum bo‘lgan.

наркотик

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 229−1-moddasi (Narkotik moddalar kontrabandasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 1 million rublgacha jarima yoki 5 yilgacha qamoq jazosi keltirib o‘tilgan.

Partiyaning qora bozordagi taxminiy qiymati 4,9 million dollardan oshadi, deyiladi xabarda.