O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:15 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyundan boshlanadi

O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyundan boshlanib 5-iyulda yakunlanadi. Muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

Bayroqdan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi

Qonunchilik palatasi deputatlari davlat bayrog‘idan foydalanish bo‘yicha qo‘shimchalar kiritilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Unda bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan.

Yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda xorijga chiqdi

2023-yilning dastlabki 5 oyida 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqdi. Statistika agentligi fuqarolar asosan qarindoshlarini yo‘qlash va dam olish maqsadida safarga chiqayotganini ma’lum qildi.

AQSh Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Alisher Usmonovni “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Shuningdek, ro‘yxatga tadbirkor Gennadiy Timchenko, Davlat dumasi deputati Sulaymon Kerimov va boshqa bir qator yirik tadbirkorlar ham kiritilgan.

Toshkent viloyatida 14 yoshli qiz quduqqa tushib ketdi

Zangiota tumanida 14 yoshli qiz 9 metrlik quduqqa tushib ketdi. U FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi va shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatida ekoinspektor ish vaqtida pichoqlandi

Bekobod shahri ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘zaro kelishmovchilik ortidan pichoqlandi. Inspektor jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Osmondan alangaga o‘xshash narsa tushdi”. Andijonda 2 kishini chaqmoq urdi, 17 yoshli yigit vafot etdi

Paxtaobod tumanida 2 kishini chaqmoq urib, 17 yoshli yigit vafot etdi. Voqea joyida bo‘lgan ayolning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, hodisa vaqtida u qizi va marhum bilan dalada chopiq qilayotgan bo‘lgan. 15 yoshli qiz shifoxonaga yotqizilgan va ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.

“Sharoiti og‘ir” 47 ta tumandagi tadbirkorlar uchun soliq stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonning 11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanda tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi qonun loyihasini deputatlar konseptual jihatdan qabul qildi.

Samarqandda 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och noqonuniy kesib tashlandi

Bulung‘ur tumanida yo‘l yoqasiga ekilgan, qariyb 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och kesib tashlandi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.

“O‘rta Osiyo Trans” kompaniyasidagi davlat ulushi Hyper Partners`ga sotiladi

Davlat aktivlari agentligi “O‘rta Osiyo Trans” korxonasidagi 51 foiz davlat ulushini Hyper Partners MCHJga 65 mlrd so‘mga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Savdo doirasida Hyper Partners va uning tegishli shaxslaridan hech biri sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagani to‘g‘risida xulosa taqdim etilgan.

OTMlarning bakalavriat bosqichiga onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

20-iyundan abituriyentlarni bakalavriat bosqichiga my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Jarayon 20-iyulga qadar davom etadi.

O‘zbekistonda maktablarning birinchi sinfiga qabul boshlandi

20-iyun kuni maktablarda bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayoni boshlandi. Yangi o‘quv yilida 730 mingdan ortiq birinchi sinf o‘quvchilari maktabga boradi.

Maktablarda maxsus ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari joriy etiladi

O‘zbekistondagi maktablarda depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish maqsadida ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat grant asosida amalga oshiriladi.

Narkologiya markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi

2019-yilda tashkil etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi. Shuningdek, poliklinikalarda tibbiy psixolog, suitsidolog kabi shtatlar joriy etiladi.