Farg‘onada mushukni tirik holatda yoqvorishga aloqador bo‘lgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi bilan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash haqida qaror qabul qilingandi. Keyinroq hayvonlarni himoya qilish jamiyati prokuraturadan jazoni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan yuqoridagi qaror bekor qilindi.

Hozirda huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) hamda 189−1-moddasi (Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborildi.