BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (IHOKB) yangi hisobotiga ko‘ra, 2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan buyon 9083 nafar tinch aholi halok bo‘lgan va 15 779 nafar tinch aholi jarohat olgan.

IHOKB ma’lumotlariga ko‘ra, 18-iyun holatiga ko‘ra, eng ko‘p tinch aholi qurbon bo‘lgan hududlar sifatida Donetsk va Lugansk viloyatlari qayd etilgan. Ushbu viloyatlarning Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan hududlarida 4105 kishi halok bo‘lgan, 5861 kishi yaralangan. Bu hududlarning Rossiya tomonidan vaqtincha bosib olingan qismlarida 718 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana 2521 nafari yaralangan.

1-iyundan 18-iyungacha BMT Ukrainada 557 nafar tinch aholi halok bo‘lganini qayd etdi. Ulardan 112 kishi, jumladan, olti nafar bola halok bo‘lgan, 445 nafari jarohatlangan.

“IHOKBning keltirishicha, [tinch aholi o‘limi va jarohatlari] haqiqiy raqamlardan ancha yuqori, chunki ba’zi shiddatli janglar bo‘layotgan hududlardan ma’lumotlar kechikmoqda va ko‘plab hisobotlar tasdiqlanishi kutilmoqda”, — deyiladi hisobotda.

BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri 14 milliondan ortiq ukrainalik o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, ulardan 8 millioni qo‘shni davlatlarga, jumladan Polsha, Vengriya va Moldovaga ketgan.