20-iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida 14 yoshli qiz quduqqa tushib ketdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘sha kuni soat 07:15 da qiz o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yashash xonadonidagi chuqurligi 9 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgan. Qiz FVV qutqaruvchilari tomonidan maxsus qutqaruv anjomlari yordamida quduq ichidan olib chiqilgan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

зангиота тумани, quduq

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Shundan so‘ng, turli darajada tan jarohati olgan qiz tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markaziga yotkazilgan. Hozirda shifokorlar nazoratida. Qizning umumiy ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.