Farg‘ona viloyatida S va D toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan korxona rahbari ushlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona shahridagi “A.I.” MCHJ rahbari N.Ch. fuqaro A.Q.ga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan, ularni ijobiy yakunlagani haqida ma’lumotnoma berib, S va D toifali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.