O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun kuni nishonlanadi. Musulmonlar idorasi respublika bo‘ylab Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:
- Andijon viloyati — 05:10;
- Namangan viloyati — 05:10;
- Farg‘ona viloyati — 05:10;
- Toshkent shahri — 05:15;
- Toshkent viloyati — 05:20;
- Sirdaryo viloyati — 05:25;
- Jizzax viloyati — 05:30;
- Samarqand viloyati — 05:35;
- Navoiy viloyati — 05:40;
- Qashqadaryo viloyati — 05:40;
- Buxoro viloyati — 05:40;
- Surxondaryo viloyati — 05:40;
- Xorazm viloyati — 05:50;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 05:50.
Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20−25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi, deyiladi xabarda.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar hayit bayrami arafasida ketma-ket 5 kun — 28-iyun 2-iyul kunlari mobaynida dam oladi. 1-iyul ko‘chirilgan dam olish kuni hisoblanmaydi, ya’ni 8-iyul 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni bo‘lib qolaveradi.