2023-yilning yanvar-may oylarida 1,6 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan, deb xabar berdi Statistika agentligi.

2023-yilning dastlabki 5 oyida fuqarolar quyidagi maqsadlarda xorijga safar qilgan:

  • qarindoshlarni yo‘qlash — 1,4 mln kishi;
  • dam olish — 195 ming kishi;
  • o‘qish maqsadida — 17,1 ming kishi;
  • davolanish — 10,8 ming kishi;
  • xizmat yuzasidan — 5,5 ming kishi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Statistika agentligi O‘zbekistonga yanvar-may oylarida 2,6 mln nafar sayyoh kelgani, ularning eng ko‘pi Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyadan ekanini ma’lum qilgandi. Sayyohlarning 2,1 mln nafari (81,5%) mamlakatga piyoda kelgan (asosan qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelganlar chegara postlaridan piyoda o‘tgan).