“Gazeta.uz” 15 yilligini nishonlamoqda
11 avgust 2023, 22:37

“Gazeta.uz” 15 yilligini nishonlamoqda

11-avgust kuni O‘zbekistondagi eng yirik internet nashrlaridan biri “Gazeta.uz” o‘zining 15 yilligini nishonlamoqda. Sayt ilk kunlardanoq “Yangiliklarimiz xalq uchun” shiori ostida faoliyat yuritib kelmoqda.

11-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
11 avgust 2023, 22:17

11-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Mahalliy reyslarga chegirma e’lon qilgan Uzbekistan Airways, mutasaddilarga qish yaqinlashayotganini eslatgan Shavkat Mirziyoyev, bloger Sanjar Xo’ja va Sherali Komilovlarning qidiruvga berilgani sabablari, Jahon kubogini tark etgan barcha o‘zbek shaxmatchilari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

O‘zbekiston IIV — ikki bloger qidiruvga berilgani sabablari haqida
11 avgust 2023, 18:36

O‘zbekiston IIV — ikki bloger qidiruvga berilgani sabablari haqida

IIV 2 bloger qidirilayotgani sabablarini ma’lum qildi. Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) 2012-yildan buyon Sergeli bozorida fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilgani uchun qidirilmoqda. Retsidivist deb topilgan Sherali Komilov (Detectiv Uz) 3 ta holatda firibgarlik va haqorat qilishda gumonlanmoqda.

O‘zbekiston maktablarida darslar 4-sentabrdan boshlanadi
11 avgust 2023, 17:51

O‘zbekiston maktablarida darslar 4-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabr, dushanbadan boshlanadi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

O‘zbekiston prezidenti mutasaddilarga qish yaqinlashayotganini eslatdi
11 avgust 2023, 17:26

O‘zbekiston prezidenti mutasaddilarga qish yaqinlashayotganini eslatdi

O‘zbekiston prezidenti Buxoroda o‘tgan yig‘ilishda energetika resurslaridagi yo‘qotilishlar va kuz-qish mavsumiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilmayotganini tanqid qildi. Sovuq kunlarda energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun rahbarlarga favqulodda ish rejimiga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi.

Reallik chegarasidan tashqarida: ROG Zephyrus M16`ning to‘rtta jozibali xususiyati
11 avgust 2023, 17:00

Reallik chegarasidan tashqarida: ROG Zephyrus M16`ning to‘rtta jozibali xususiyati

Ultrayupqa ROG Zephyrus M16 noutbuki yordamida ijodiy va o‘yin imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Qurilma zamonaviy dizayn va yanada kuchli konfiguratsiyaga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik 5 nafar shaxmatchining barchasi Jahon kubogini tark etdi
11 avgust 2023, 16:48

O‘zbekistonlik 5 nafar shaxmatchining barchasi Jahon kubogini tark etdi

O‘zbekistonning Jahon kubogidagi so‘nggi vakili, grossmeyster Javohir Sindarov 1/16 final bosqichida hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.

Tuman hokimlari inflyatsiyani jilovlashga shaxsan javobgar bo‘ladi — prezident
11 avgust 2023, 15:54

Tuman hokimlari inflyatsiyani jilovlashga shaxsan javobgar bo‘ladi — prezident

Tumanlar hokimlari bundan buyon o‘z hududlarida inflyatsiyani jilovlashga shaxsan javob beradi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Buni sun’iy yo‘l bilan emas, takroriy ekinlarni ko‘paytirish va mahsulot hajmini oshirish orqali amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.

Toza havo hokimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi — prezident
11 avgust 2023, 15:44

Toza havo hokimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi — prezident

O‘zbekiston prezidenti hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ishlar sustligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sug‘orish tizimi yo‘qligi sababli 10 mln nihol nobud bo‘lgan. U bundan buyon ekologik vaziyatni yaxshilash hokimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.

Markaziy bankka oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo‘yicha topshiriq berildi
11 avgust 2023, 14:24

Markaziy bankka oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo‘yicha topshiriq berildi

Prezident farmoniga ko‘ra Markaziy bank 2024-yildan oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun banklarga kamida 2 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratishi kerak. Bungacha mazkur maqsadlar uchun pul TTJ yoki budjetdan ajratilgan. MB mablag‘larini rasmiy jalb qilish (qonunda nazarda tutilmagan) ilk bor kuzatiladi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga davlat xaridlari orqali dori vositalarini yetkazib bermoqchi
11 avgust 2023, 13:37

O‘zbekiston Afg‘onistonga davlat xaridlari orqali dori vositalarini yetkazib bermoqchi

O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari Afg‘onistonning dori-darmon bo‘yicha davlat xaridlarida (tenderlarida) ishtirok etishi mumkin.

Farg‘onada elektr korxonasi xodimi kaltaklandi
11 avgust 2023, 13:08

Farg‘onada elektr korxonasi xodimi kaltaklandi

Farg‘ona viloyati HETKning kadrlar bo‘limi boshlig‘i kaltaklandi. Bunga uning hisobchiga nega ishga kelmaganini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilgani va suhbat chog‘ida ayolning eri bilan janjallashgani sabab bo‘lgan. Xodim shifoxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ mustaqil kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi
11 avgust 2023, 13:00

“O‘zbekgidroenergo” AJ mustaqil kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi

“O‘zbekgidroenergo” AJ Fitch Rartings xalqaro reyting agentligida BB- (barqaror) darajasini saqlab qoldi va mustaqil kredit reytingini b+ darajaga ko‘tardi.

Alibaba korporatsiyasi Namanganda mintaqaviy markazini ochmoqchi
11 avgust 2023, 12:31

Alibaba korporatsiyasi Namanganda mintaqaviy markazini ochmoqchi

Xitoyning Alibaba texnologik korporatsiyasi Namangandagi IT Park`da o‘z mintaqaviy markazini ochishi mumkin. Tashkilot rasmiylari hudud tekstil, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yishda mintaqaviy markaz bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi
11 avgust 2023, 11:45

Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi

Juma kuni Ural hududlaridan kirib keladigan salqin havo hisobiga dam olish kunlari harorat pasayadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +30…+32, janubda +35 darajadan oshmaydi. Harorat tushishi kelgusi haftaning o‘rtasigacha davom etadi.

Banklarda dollar kursi 12 100−12 135 so‘m etib belgilandi
11 avgust 2023, 11:37

Banklarda dollar kursi 12 100−12 135 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 11-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 990−12 070 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 100−12 135 so‘m.

Samarqanddagi ohak sexi 4,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
11 avgust 2023, 10:57

Samarqanddagi ohak sexi 4,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Pastdarg‘om tumanida ohak ishlab chiqaruvchi sex mansabdorlari 4,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda yana bir avtobus Spark bilan to‘qnashdi
11 avgust 2023, 10:32

Toshkentda yana bir avtobus Spark bilan to‘qnashdi

Uchtepa tumanida Yutong rusumli avtobus yo‘liga chiqib qolgan Spark avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida hech kim jarohat olmadi. Bu poytaxtda yangi avtobuslar ishtirokidagi birinchi YTH emas.

Qarshida Yandex Go xizmati ishga tushdi
11 avgust 2023, 09:54

Qarshida Yandex Go xizmati ishga tushdi

Qashqadaryoning Qarshi shahrida Yandex Go taksi agregatori ish boshladi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan o‘ninchi shahri hisoblanadi.

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi
11 avgust 2023, 09:34

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha bo‘lgan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting