AQSH Xonobod bazasida xizmat qilgan harbiylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi
22 yanvar 2021, 01:35

AQSH Xonobod bazasida xizmat qilgan harbiylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 19 yanvar kuni Qarshi-Xonobod bazasida xizmat qilgan barcha faxriy harbiylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu zona kimyoviy qurol qoldiqlari, qayta ishlangan uran va boshqa xavfli moddalar bilan zaharlangan bo‘lgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 yanvar 2021, 20:57

Jahon yangiliklari dayjesti

Mo‘g‘uliston bosh vazirining ko‘zi yorigan ayol bilan bog‘liq janjaldan so‘ng iste’fosi, Buyuk Britaniya fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqiga kirishga taqiq ko‘yilishi mumkinligi, AQSHning JSST va Parij iqlim kelishuviga qaytgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi agrar sohasi bo‘yicha loyihalarni o‘rganmoqda
21 yanvar 2021, 19:17

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi agrar sohasi bo‘yicha loyihalarni o‘rganmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi «Buxoro Varnet» korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada o‘tgan yili qariyb 20 mlrd so‘mlik mahsulot yetishtirilib, 1 mln dollarlik eksport qilingan.

Yoshlar va oilaviy tadbirkorlik uchun Olot tumaniga 21 mlrd so‘m ajratiladi — prezident
21 yanvar 2021, 19:01

Yoshlar va oilaviy tadbirkorlik uchun Olot tumaniga 21 mlrd so‘m ajratiladi — prezident

Prezident Buxoro viloyatiga safari chog‘ida Olot tumaniga tashrif buyurib, yoshlar va oilaviy tadbirkorlik uchun 21 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Olot-Toshkent temir yo‘l qatnovi qayta tiklanishi ta’kidlandi.

Bog‘dodda notinchlik: ikki terrorist o‘zini portlatdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
21 yanvar 2021, 18:56

Bog‘dodda notinchlik: ikki terrorist o‘zini portlatdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor

Bog‘doddagi bozorda sodir etilgan ikkita portlash natijasida halok bo‘lganlar 32, jarohatlanganlar soni esa 110 nafarga yetdi. Xudkushlardan biri o‘zini yomon his etayotgandek ko‘rsatib, atrofiga odam to‘plagan.

Qashqadaryoda erkakni shafqatsizlarcha kaltaklagan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21 yanvar 2021, 16:34

Qashqadaryoda erkakni shafqatsizlarcha kaltaklagan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyatida bir erkak 3−4 nafar fuqarolar tomonidan vahshiylarcha qiynoqqa solindi. Erkaning qo‘l-oyog‘i bog‘liq holda, badani pichoq va issiq kapkir bilan kuydirilib, arqon bilan bo‘g‘ilgani aytilmoqda.

2020 yilda O‘zbekistonga 50 mln dollarlik gaz import qilingan va eksport 4,7 baravarga kamaygan
21 yanvar 2021, 16:26

2020 yilda O‘zbekistonga 50 mln dollarlik gaz import qilingan va eksport 4,7 baravarga kamaygan

2020 yilda O‘zbekistonga 50,4 mln dollarlik gaz import qilingan, bu 2019 yilga nisbatan 237 marta ko‘proq. Eksport esa qiymat jihatidan 4,7 baravar kamaygan.

Sobiq aloqa vaziri Toxir Rahimov vafot etdi
21 yanvar 2021, 16:17

Sobiq aloqa vaziri Toxir Rahimov vafot etdi

Sobiq aloqa vaziri, undan oldin esa tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri sifatida faoliyat yuritgan Toxir Rahimov 74 yoshida olamdan o‘tdi.

Samarqandda 4 ta mashina ishtirokida YTH ro‘y berdi
21 yanvar 2021, 16:07

Samarqandda 4 ta mashina ishtirokida YTH ro‘y berdi

Samarqand viloyatida «Nexia-2» va «Lacetti» mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv zarbidan svetoforda turgan «Nexia» va «Cobalt» mashinalari bilan ham to‘qnashib ketgan. Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q.

Prezident madaniy faoliyatga oid qonunni imzoladi
21 yanvar 2021, 15:45

Prezident madaniy faoliyatga oid qonunni imzoladi

Davlat rahbari madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlariga oid qonunga imzo chekdi. Ushbu hujjat 29 yil deganda birinchi marotaba qabul qilinmoqda. Qonun bilan madaniyat muassasa va tashkilotlariga “Milliy” yoki “Akademik” maqomi Hukumat taqdimnomasiga binoan prezident tomonidan berilishi belgilanmoqda.

Quvada 19 yoshli qiz o‘g‘irlanib, bir oy davomida uch kishi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
21 yanvar 2021, 15:44

Quvada 19 yoshli qiz o‘g‘irlanib, bir oy davomida uch kishi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi 19 yoshli qiz 2020 yilning mart oyida o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qildi. U bir oy davomida uch nafar shaxs tomonidan zo‘rlanib, nomusiga tegilganligini, ulardan biri voyaga yetmagan 16 yoshli yigit bo‘lganligini aytmoqda. Uyga qaytgach, qizning homiladorligi bilinadi va voqeadan xabar topgan otasi uni uydan haydab yuboradi. Holatni o‘rganib chiqqan tuman IIBsi bunda jinoyat alomati yo‘qligini aytib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan.

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Jo Baydenni tabrikladi
21 yanvar 2021, 14:50

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Jo Baydenni tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHning yangi prezidenti Jo Baydenni davlat rahbari lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi.

2020 yilda ajralishlar bo‘yicha sud ishlarining 14 481 tasida da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan
21 yanvar 2021, 13:50

2020 yilda ajralishlar bo‘yicha sud ishlarining 14 481 tasida da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan

2020 yilda O‘zbekiston fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 291 182 ish ko‘rib chiqilgan, ularning asosiy qismini bitimlar, ajralishlar va binolarni ruxsatsiz buzish bilan bog‘liq ishlar tashkil qilgan.

Xitoy AQSHning 28 nafar fuqarosiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi
21 yanvar 2021, 13:07

Xitoy AQSHning 28 nafar fuqarosiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi

Xitoy uning ichki siyosatiga aralashganlik uchun AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoga va yana 27 nafar AQSH fuqarosiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.

Sergelida yuz bergan janjalga rasmiy munosabat bildirildi
21 yanvar 2021, 12:48

Sergelida yuz bergan janjalga rasmiy munosabat bildirildi

Sergeli tumanida muqaddam sudlangan ikki nafar shaxs mast holatda avtoturargohda turgan mashinani to‘sgan. Fuqarolar o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelib, tan jarohatlari yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi
21 yanvar 2021, 12:28

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 2021 yilda YAIMning real o‘sishi 4,5−5,5 foiz darajasida bo‘lishi, inflyatsiya darajasining 9,0−10,0 foizga qadar yanada pasayishi kutilmoqda.

Sardoba fojeasida zarar ko‘rgan masjidlar uchun xayriya qilingan pullar Suriyaga yuborilgani aniqlandi
21 yanvar 2021, 12:02

Sardoba fojeasida zarar ko‘rgan masjidlar uchun xayriya qilingan pullar Suriyaga yuborilgani aniqlandi

Sardoba fojeasida zarar ko‘rgan masjidlarni qayta qurish uchun «Telegram» da xayriya guruhi ochib, undan tushgan mablag‘larni Suriyada terrochilik faoliyatini moliyalashtirishga jo‘natilgani aniqlandi. Shuningdek, buni uyushtirgan shaxslar ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib, Suriyaga chiqishni rejalashtirilganlikda gumon qilinmoqda. Hozirda ular ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birdaniga oshdi
21 yanvar 2021, 11:58

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birdaniga oshdi

O‘zbekiston Oltin-valyuta zaxiralari 2021 yil boshlanganidan beri birdaniga oshdi. 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari 34,9 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralari esa 33,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Issiqlik ta’minoti masalalari bo‘yicha 24 soat ishlaydigan dispetcherlik xizmati joriy etildi
21 yanvar 2021, 11:05

Issiqlik ta’minoti masalalari bo‘yicha 24 soat ishlaydigan dispetcherlik xizmati joriy etildi

Issiqlik tarmoqlarida baxtsiz xodisalar, isitishning uzilish xolatlarida issiqlik ta’minoti tashkilotlarining uzluksiz ishlaydigan shoshilinch dispetcherlik xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Krishtianu Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p gol urgan to‘purarga aylandi
21 yanvar 2021, 11:04

Krishtianu Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p gol urgan to‘purarga aylandi

Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda kiritilgan gollari sonini 760 taga yetkazdi va bu borada rekord o‘rnatdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting