Shaxmatchi Javohir Sindarov Jahon kubogining 1/16 finalida mag‘lub bo‘lib, 29-iyuldan 25-avgustga qadar Boku (Ozarbayjon) shahrida bo‘lib o‘tayotgan turnirni tark etdi. Shu tariqa terma jamoaning barcha, ya’ni 5 nafar vakili turnirdagi ishtirokini yakunladi.

17 yoshli Javohir Sindarov (2659) avvalgi turda FIDE jahon reytingida 17-o‘rinni egallab turgan fransiyalik 32 yoshli grossmeyster Maksim Vashe-Lagravni (2739) sensatsion tarzda mag‘lub etgandi.

1/16 finalda unga hindistonlik 19 yoshli Arjun Erigaysi (2710) raqiblik qildi. Birinchi o‘yin durang bilan yakunlangan. Ikkinchi o‘yinda esa Sindarov mag‘lub bo‘ldi.

шахмат, жавоҳир синдаров

Arjun Erigaysi va Javohir Sindarov. Foto: Mariya Yemelyanova / Chess.com.

Sindarov 2021-yilgi Jahon kubogida ham 1/16 finalda turnirni tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, turnir favoriti sanalgan O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi, 18 yoshli Nodirbek Abdusattorov (2725) musobaqada turkiyalik 25 yoshli grossmeyster Sanal Vaxapovga (2585) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgandi.

Biz avvalroq kubok va o‘zbekistonliklarning imkoniyatlari haqida batafsil yozgandik (rus tilida).