14-avgust kuni soat 20:00 gacha Toshkentning Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim joylarida gaz, Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarining ba’zi hududlarida esa issiq suv o‘chiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ichki ishlar bo‘limida qo‘lga olingan shaxs vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB ma’lumotiga ko‘ra, o‘ta og‘ir jinoyatlarda gumon qilingan erkak bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida hushini yo‘qotgan va vafot etgan.
Prezident Toshkent, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida o‘nlab rahbarlar ishdan olinganidan har bir hokim xulosa qilishi kerakligi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kengash xalq ovoziga aylanib, joylarda kim ishdan ketishi borasida taklif berishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta 42 metrli to‘sini qulagani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ular yuk mashinasi ustiga tushganini ko‘rish mumkin.
Dang‘ara tumanida ohak sexi 1 mlrd 54 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Fuqaro 18 ta nostandart gaz yondirgichlarini yer osti gaz quvuriga ulab olgan.
Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Qoradaryodan 11 yoshli o‘g‘il bola jasadi topildi. Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga suvda cho‘kish bo‘yicha xabar kelib tushmagan, deyiladi boshqarma xabarida.
Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan ikki YTH oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi. YTHlarning har ikkisi ham Damas ishtirokida sodir bo‘lgan.
Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Hodisa oqibatida 2 mlrd 760 mln so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 nafar mansabdor ushlangani aytilmoqda.
Prezident issiqxonachilar anomal sovuqdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar qatorida bo‘lganini aytib, Energetika vazirligi hamda hokimliklarga uch tomonlama shartnoma asosida ularni gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash topshirig‘ini berdi. Ayrim issiqxonalarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ham ajratiladi.
Xorazm viloyatiga 2023-yil yakuniga qadar Xitoyning Zhongtong kompaniyasidan 100 ta yo‘lovchi avtobusi olib kelinadi.
DXX qo‘shni davlatdan olib kelingan qariyb 11 kg opiy moddasini musodara qildi. Xususan, Amudaryo qirg‘og‘ida qamishlar orasidagi qopdan 10 dona o‘ramda giyohvandlik moddasi topilgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari Aqtauda maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazdi. Maxsus bo‘linmalar zamonaviy qurolli mojarolar tajribasidan kelib chiqqan holda yangi taktik usuldan foydalandi. Dronlardan foydalanildi, yaqin masofada jang qilindi, dengiz, tog‘, cho‘l va shahar sharoitlarida operatsiyalar o‘tkazildi.
Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushdi. Rasmiy xabarlarda ularni o‘rnatish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani aytildi. Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti qurilish maydoniga tashrif buyurgan edi.
Toshkent shahrida tug‘ilgan 22 yoshli yigit Suriyada “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkilotida jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Yangibozor tumanidagi 28-maktabda o‘qituvchilar maktabni tozalashga jalb qilindi. Bu topshiriqni bergani uchun direktorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning sobiq hokimi Abdurasul Abdullayev esa Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. 2017−2020-yillarda u ushbu vazirlikni boshqargan.
Pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuqli “dangasa” xonim, chuchvara, “dangasa” tovuq oyoqchalari, do‘lma va boshqalar — Zira.uz tez tayyor bo‘luvchi “dangasa” taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
BMTning global ta’lim bo‘yicha maxsus elchisi Gordon Braun Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudni Afg‘onistonda ayollar va qizlarga nisbatan diskriminatsiya uchun “Tolibon”ni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Bahodir Xoliqov Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga, Shukurulloxon Nisbatxonov esa Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida har ikki hududning sobiq rahbarlari ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan olingandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting